Bismillahir Rohmanir Rohiym
Uboya Abu G‘usson rahimahulloh: “Nishopurda ekanimda isitmam ko‘tarilib, bemor bo‘ldim. Shunda:
“Allohim! Har qachon menga ne’mat berganingda, mening shukrim kamaydi.
Har qachon menga biror sinov, balo yuborganingda mening sabrim kamaydi.
Ey, bergan ne’matiga shukrim kamaysa-da, meni tashlab qo‘ymagan Zot!
Ey, imtihoni, balosi oldida sabrim ozaysa-da, meni iqobga tutmagan Zot!
Ey, gunoh, ma’siyatimni ko‘rsa-da, meni sharmanda qilmagan Zot! Menga yetgan zararni, dardimni ketkazgin!” deb duo qildim. So‘ngra: “Shunda dard mendan chekindi”, dedilar”.
Ibn Abi Dunyoning “Mavsu’a”sidan.
#hafta_dayjesti #jumadan_jumagacha
00:00 Anons
01:24 Prezidentimiz Andijon viloyatida bo‘ldi
01:58 Mav’izalar ta’sirchanligini oshirish, yoshlar e’tiqodini mustahkamlash va aholi bilan manzilli ishlash – Andijondagi yig‘ilish tafsilotlari
03:18 Diniy idorada navbatdagi qabul: murojaatlar, takliflar, xayrli duolar
04:08 “The Diplomatic Insight”: Mustaqil O‘zbekistonning yutuqlari xalqaro hamjamiyatning diqqat markazida bo‘lib kelmoqda
04:59 Malayziyada xayriya sohasida ilg‘or tajribalar o‘rganilmoqda
06:00 Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan
06:49 Namanganlik imom-xatiblar Islom sivilizatsiyasi markazini ochiq ilmiy platforma sifatida e’tirof etishdi
07:37 Bir ezgu qadam — yuzlab qalblarga umid
08:00 Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv
08:42 Intellektual o‘yin — zakovat va ilm bayrami
09:33 «Mafkuraviy xatarlarga qarshi kurashda otinoyilarning o‘rni hamda mas’uliyati» mavzusida sayyor seminar tashkil etildi.
#yangiliklar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Boshlovchi: Ne’mat Musayev
Muharrir: Abdulatif Abdullayev
Operator: Dilshodjon Mahkamov