Provedeniye seremonii zakladki fundamenta mecheti v Fizuli s uchastiyem liderov gosudarstv-chlenov Organizatsii tyurkskix gosudarstv — vajnoye istoricheskoye sobitiye dlya vsego tyurkskogo mira.
Kak peredayet Report, ob etom skazal posol Turkmenistana v Azerbaydjane Gurbanmammet Elyasov na brifinge, posvyashennom seremonii zakladki fundamenta mecheti v gorode Fizuli.
Po yego slovam, eto sobitiye ne tolko simvoliziruyet yedinstvo i bratstvo tyurkskix gosudarstv, no i imeyet glubokoye duxovnoye znacheniye dlya vsego islamskogo mira.
Posol napomnil, chto 22 avgusta vo vremya trexstoronney vstrechi v formate Turkmenistan-Azerbaydjan-Uzbekistan v Ashxabade natsionalniy lider turkmenskogo naroda, predsedatel Xalk Maslaxati Turkmenistana Gurbanguli Berdimuxamedov i prezident Azerbaydjana Ilxam Aliyev oznakomilis s proyektom mecheti i dogovorilis provesti seremoniyu yee zakladki v ramkax 12-go sammita Soveta glav gosudarstv Organizatsii tyurkskix gosudarstv.
«Provedeniye seremonii zakladki fundamenta mecheti v Fizuli s uchastiyem liderov vsex gosudarstv-chlenov Organizatsii tyurkskix gosudarstv — vajnoye istoricheskoye sobitiye dlya vsego tyurkskogo mira. Odnovremenno xotelos bi podcherknut znacheniye zakladki fundamenta mecheti v osvobojdennom ot okkupatsii gorode Fizuli dlya vsego islamskogo mira. Stroitelstvo etoy mecheti imenno v Fizuli yavlyayetsya simvolom togo, chto Karabax yavlyayetsya neot’emlemoy chastyu Azerbaydjana», — dobavil on.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
Bugungi jamiyatimizda odob-axloq jihatidan oqsoqliklar ko‘zga tashlanmoqda. Salom berish, yordamga muhtojlarni ko‘rganda ko‘maklashish, o‘zidan kattalarga hurmat ko‘rsatish kabi qadriyatlar kamayib borayotganini hech kim inkor qilmasa kerak. Holbuki, har bir ota-ona farzandining ilmli, solih va yetuk inson bo‘lib kamol topganini ko‘rishni orzu qiladi. Biroq “holva” degan bilan og‘iz shirin bo‘lmaydi. Ya’ni quruq orzu-havasning o‘zi kifoya qilmaydi. Balki doimiy va tartibli ta’lim-tarbiya ishiga kirishish lozim bo‘ladi. Bu borada jamiyatdagi insonlarni uch toifaga bo‘lish mumkin:
1. O‘zi ham amal qilib, farzandini ham ezgulikka yetaklaydiganlar. Bu tutum dunyo va oxirat saodatini ko‘zlagan mo‘minning yo‘li. Tarbiyada eng samarali omil ota-onaning shaxsiy namunasidir. Bolaga, avvalo, Allohni tanitish va solih amallar bilan o‘rnak bo‘lish lozim. Qur’oni karimda ta’kidlanganidek, iymon keltirib, ezgu amal qilganlarga dunyoda pokiza hayot, oxiratda esa abadiy jannat bashorati berilgan (Nahl surasi, 97-oyat).
2. O‘zi amal qilmay, farzandi tarbiyasiga mol-dunyo sarflaydiganlar. Unutmang, pul hamma narsani hal qilmaydi. Ota-onaning o‘zi diniy va axloqiy majburiyatlarni bajarmasa, pand-nasihatlari farzandga ta’sir qilmaydi. Oilaviy muhitda ota ta’minotga, ona tarbiyaga mas’ul bo‘lib, o‘zaro hurmat va hamjihatlik bo‘lishi shart.
Shuningdek, ota-onalarning behuda ishlar, masalan, telefonga ko‘p bog‘lanib qolishi tarbiyadagi eng katta bo‘shliqni yuzaga keltiradi. Farzand kamoloti uchun uning vaqtini to‘g‘ri taqsimlash, uyqu va dars tartibini doimiy nazoratda tutish, tartibni ushlash lozim. Eng muhimi, xulq ilmdan ustun turadi: xulqsiz berilgan ilm insonni zalolatga yetaklaydi, shu bois farzandga go‘zal axloqiy tarbiya berib, so‘ng ilm bilan ziynatlash kerak.
3. O‘zi ham amal qilmay, farzandini ham bunga chaqirmaydiganlar. Bu toifaning oqibati xatarlidir. Alloh taolo Toha surasida bunday marhamat qiladi: “Kim Mening zikrimdan yuz o‘girsa, albatta, uning uchun tang hayot bo‘lur...” (124-oyat). Mana shu oyatning o‘ziyoq kishini sergak torttirib, bu toifadan bo‘lib qolmaslikka undashi lozim.
Xulosa shuki, farzand qalbi va ruhiyati ildiz otishi kerak bo‘lgan daraxt ko‘chati kabidir. Uning ildizini iymon va taqvo mustahkamlaydi. Shunday ekan, kim farzandlari kamolini ko‘rishni istasa, amali va e’tiborini bilan shunga harakat qilsin. Alloh taolo barchamizni to‘g‘ri yo‘lda bardavom qilib, zurriyotlarimiz kamolini ko‘rsatsin.
Aziza RAHMATOVA,
Samarqand tumani bosh otinoyisi