Sahobai kirom roziyallohu anhum hasadchining tiynatini sharhlab: “Bunday insonni hech bir narsa bilan qanoatlantirib bo‘lmaydi”, degan ekanlar.
Muoviya roziyallohu anhu bunday deganlar: “Hasadchidan tashqari har qanday odam bilan kelishib, rizolashishga muvaffaq bo‘ldim. Ammo hasadchi inson to kishiga Alloh tomonidan ato etilgan ne’mat yo‘qolmagunicha rozi bo‘lmaydi”.
Shuningdek, quyidagi satrlarni Imom Shofe’iyga tegishli ekanini aytadilar: “Har qanday adovat gulxani so‘nar, illoki hasaddan bo‘lsa, hech qachon!”.
Oqil kishilar yana “Hasadchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatish uchun qilingan urinish behuda, chunki buning aslo iloji yo‘q”, deydilar. Ular aytganlarki: “Hasadchini ko‘nglini olaman, deb ovora bo‘lma, axir u sening yaxshi munosabatingni hech qachon qabul qilmaydi. Uning zararidan omonda bo‘lishni istasang, ahvolingni undan yashirgin: yutuq va shodliklaringni ko‘rsatma!” .
“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.
1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan «Vaqf» xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat filiali tomonidan «Imom Faxriddin ar-Roziy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda ta’lim muassasasida faoliyat yuritayotgan ustoz va murabbiylarning ilm-ma’rifat yo‘lidagi sharafli mehnati e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi. Bayram munosabati bilan 8 nafar ustozga 5 million so‘mdan, jami 40 million so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.
Shuningdek, boshqa o‘qituvchi va murabbiylarga oziq-ovqat mahsulotlaridan tashkil topgan jamlanmalar hamda maishiy texnika vositalari bayram sovg‘asi sifatida taqdim etildi.
Bayram tadbiri davomida ustoz va murabbiylarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning mas’uliyatli va sharafli faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilandi. Zero, ustozga ko‘rsatilgan ehtirom — ilmga, ma’rifatga va kelajak avlodga ko‘rsatilgan ehtiromdir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati