حدثنا عيسى بن أحمد العسقلاني وأبو عبيدة السري بن يحيى بن السري قال: نا يعلى بن عبيد نا الأعمش عن عمارة عن عبد الرحمن بن يزيد قال: قال عبد الله: كنا مع رسول الله صلى الله عليه وسلم شبابا ليس لنا شيء قال :”يا معشر الشباب من استطاع منكم الباءة فليتزوج فإنه أغض للبصر وأحصن للفرج ومن لم يستطع فعليه بالصوم فإن الصوم له وجاء.“
Abdulloh roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam bilan birga edik. Hech narsamiz yo‘q yigitlik chog‘imiz edi. U zot alayhissalom: “Ey yoshlar! Sizlardan kim oila qurishga qodir bo‘lsa, uylansin. Zero, bu ko‘zni to‘suvchiroq va farjni saqlovchiroqdir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘za tutsin, mana shu uning uchun bichilishdir”, dedilar.
Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Ibn Atoulloh Sakandariy rahimahulloh bunday deganlar:
“O‘zingni noma’lumlik yeriga ko‘m!” Odamlar e’tibori aldamchidir, bu shirin yolg‘on, shirin zahar kabi halok qilmasin, umringni yoqib kulini ko‘kka sovurmasin.
Vafot qilganingda "Jasad qani?", "Murda qayerda?" deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Janoza namozingni o‘qimoqchi bo‘lishganda "Tobutni hozirlanglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Dafn qilishayotganda "Mayyitni olib kelinglar", deyishadi. Ismingni aytishmaydi…
Shunday ekan, qavming, mansabing, naslu nasabing seni aldab qo‘ymasin.