Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Aprel, 2026   |   25 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:28
Asr
17:05
Shom
19:06
Xufton
20:22
Bismillah
14 Aprel, 2026, 25 Shavvol, 1447

Kechinma

04.11.2025   6985   1 min.
Kechinma

Qizim sen katta bo‘layotganingdan emas, balki tezda ulg‘ayib, boshqa bir xonadonga kelin bo‘lib ketishingdan, seni har kuni ko‘ra olmaslikdan ichimda bir xavotirmi, sog‘inchmi – nimadir bor. Axir kechagina go‘dak eding, bugun qizaloqqa aylanding. Ertaga...
 

Har kuni so‘zlaring ravonlashib, fikrlashing teran bo‘lmoqda. Qizim, sen ulg‘ayganing sayin mening ko‘nglim kichrayib bormoqda. Sen bilan ko‘proq vaqtimni o‘tkaza olmayapman...


Qizim, men o‘rgatolmaganimni hayotdan o‘rganasan. Shuni bilginki, ota qiziga tanbeh bersa, bu uning qizini yomon ko‘rishini anglatmaydi. Otalar qizlarini juda yaxshi ko‘rishadi. Jim turganida ham qizining kelajagi haqida o‘ylayotgan bo‘ladi.


Ota shodlansa, buning sababi ko‘proq farzandlarining yutug‘i bo‘ladi. Otaning sha’ni – borlig‘i qizi bilan bog‘liq bo‘ladi.


Balog‘atga yetishing, munosib juftingni topib, ummatga, millatga xizmat qiladigan farzandlarga ona bo‘lishingni tilayman!


Bilginki, necha yoshga kirsang ham men seni xuddi hozirgiday yaxshi ko‘raman! Menga seni ne’mat qilib bergan Zotga omonat bo‘l, qizim.

 

Akbarshoh Rasulov

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xatayda "Buxoro" masjidi foydalanishga topshirildi

14.04.2026   3747   1 min.
Xatayda

Turkiyaning Xatay viloyatida O‘zbekiston tomoni ishtirokida qurilgan yangi masjid foydalanishga topshirildi.

Masjidga Turkiyaning murakkab davrlaridan birida o‘zbek xalqi ko‘rsatgan beg‘araz yordami va birdamligi uchun minnatdorlik ramzi sifatida “Buxoro” nomi berildi.

Ibodat maskani 3200 ga yaqin xonadonni o‘z ichiga olgan yirik turar-joy massivining markazida joylashgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 500 kishini o‘z ichiga sig‘dira oladi. Bino zamonaviy arxitektura, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi.

Ochilish marosimida ishtirokchilar mazkur loyiha ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va gumanitar hamkorlik yanada mustahkamlanishiga xizmat qilishi ta’kidlandi.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Yangiliklar