Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo mening doimiy nuqsonlarimga qaramay, hech qachon meni tashlab qo‘ymagan.
Bunga haqli bo‘lmasamda, keng fazlidan rizqlantirgan, ato etgan.
Gunohlarim ulkan bo‘lsada, meni ayblarimni berkitgan, xotirimni jam qilgan.
U Zot duolarimni men so‘raganimdanda yaxshisi ila ijobat etgan.
Umid qilganim, kutganimdan ko‘ra ko‘prog‘i(ni berish) ila meni hayratga solgan.
U Zot gunohim bilan ushlamadi balki, menga muhlat berdi, meni ikrom qildi.
U Zot mening Robbim, yolg‘izligimda yo‘ldoshim, qayg‘uimda najotkorimdir.
Uning rahmati meni o‘rab, fazli meni ko‘mdirgandir.
Malayziyada o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida O‘zbekiston vakillari ta’lim, ilm-fan, vaqf, xayriya va ziyorat turizmi yo‘nalishlarida xalqaro tajriba almashmoqda.
Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, «Vaqf» fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilgan «Islomiy iqtisodiyot haftaligi»da ishtirok etdi. Unda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo 57 ta davlat vakillari qatnashdi.
Shuningdek, Jahon vaqf forumining navbatdagi onlayn majlisida ishtirok etilib, unda yurtimizdagi «Vaqf» fondi faoliyati, sohani raqamlashtirish hamda xayriya mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha o‘zaro tajriba almashildi.
Bundan tashqari, Malayziya Vaqf bosh boshqarmasi rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, vaqf va xayriya sohasida samarali ish mexanizmlarini joriy etish, xayriya mablag‘larini manzilli yo‘naltirish hamda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotlarda davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohaga qaratilayotgan e’tibor, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, xususan, bemorlarga ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda keng ko‘lamli xayriya tadbirlari haqida so‘z yuritildi.
O‘z navbatida, mazkur yo‘nalishlarda O‘zbekistonda yo‘lga qo‘yilgan tajriba anjuman ishtirokchilari tomonidan yuqori baholandi.
Shuningdek, Kedah shtati soha vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mablag‘larni yig‘ish va ularni manzilli tarzda o‘z o‘rniga yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, elektron tizimlar bo‘yicha zamonaviy tajribani joriy etish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarga e’tibor qaratildi.
Safar davomida Al-Buxoriy xalqaro universiteti rahbariyati bilan ham ilmiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Shu bilan birga, mazkur oliygohda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda yoshlarga zamonaviy ilmlarni puxta egallab, kelgusida Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish bo‘yicha iliq tilaklar bildirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati