Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447

Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi

26.11.2025   59807   1 min.
Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi

Shu yil 25 noyabr kuni Ammon shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Iordaniya Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Muslim al-Xaloyala janoblari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari sa’y-harakatlari bilan diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat vaqf muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga erishilayotgani e’tirof etildi.

Shuningdek, muzokaralarda o‘zbekistonlik mutaxassislar vaqf yo‘nalishida zamonaviy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishida aloqalarni o‘rnatish hamda mushtarak ilmiy loyihalarni amalga oshirish, vaqf mulklarini boshqarish bo‘yicha mavjud tajribani o‘rganish maqsadida Iordaniyada malaka oshirishlarini yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, uchrashuvda quyidagi natijalarga erishildi:

- O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mutaxassislarining Iordaniyada malaka oshirish kurslari hamda amaliyot o‘tashlarini yaqin oylarda tashkil etish;

- Vaqf mulklarini tasarruf etishdagi ilg‘or va zamonaviy tajribalarni o‘rganish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi mutaxassislarini yaqin kunlarda Iordaniyaga ishchi safarlarini uyushtirish;

- Iordaniyalik professor olimlar tomonidan vaqf mulklari tartiblari, tarixi, buguni va istiqbollari to‘g‘risida kasb-mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazish kabilarga kelishildi.

Ma’lumot o‘rnida, Iordaniya Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vazirligi vaqf mulklari, ziyoratgohlar, xayriya fondlarini boshqarish, haj, umra safarlarini tashkil etish, masjidlar, imomlar faoliyatini yuritish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, diniy ta’lim, Qur’oni karimni kurslari, Mus'haflar chop etish va juma tezislarini yozish kabi faoliyat turlariga boshchilik qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi

29.01.2026   3634   1 min.
Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi xotin-qizlar bo‘limi tomonidan otinoyilar ishtirokida “ZOOM” platformasi orqali o‘quv seminarlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi. Bunda aqida, fikh, siyrat, hadis, mavlid va janoza masalalari to‘g‘risida tushunchalar berib boriladi.
Bugun, 29 yanvar kuni tizimda faoliyat olib borayotgan otinoyilar uchun Aqida va fikh fanlari doirasida o‘quvlar boshlandi. Ikki mingdan ziyod tinglovchi qatnashgan, “Islom shariatida poklik masalalari” deb nomlangan ilk mashg‘ulotni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchisi Odinaxon Muhammad Yusuf o‘tkazdi.
O‘quv mashg‘ulotlarini Fatvo markazi mutaxassislari, “Imom Buxoriy” nomidagi Toshkent islom instituti va "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi katta o‘qituvchilari olib borishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi Otinoyilar uchun ZOOMda o‘quvlar boshlandi
Yangiliklar