Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Oktabr, 2026   |   21 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:02
Quyosh
06:20
Peshin
12:12
Asr
16:18
Shom
18:08
Xufton
19:22
Bismillah
02 Oktabr, 2026, 21 Rabi`us soni, 1448

Duo ibodatdir

28.11.2025   7368   1 min.
Duo ibodatdir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Duoda insonning Alloh nazdidagi qulligi butun mohiyati va haqiqati bilan namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham aynan duo paytida qul Parvardigorining cheksiz saxovatidan umid qilgan holda o‘zining ojizligini, zaifligini va Allohning marhamatiga muhtoj ekanini qalban izhor etadi. Axir haqiqiy bandalik – bu har qanday xayrli ishlarni bajarishga va gunohlarni tark etishga kuch-quvvat faqat Allohdan kelishiga va barcha yaxshilik va meribonliklarning manbai Uning o‘zi ekaniga iqror bo‘lish emasmi?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Duo – ibodatning mag‘zidir” (Anas ibn Molik roziyallohu anhudan imom Termiziy rivoyati).

Boshqa rivoyatga ko‘ra: “Duo – ibodatdir” (No‘mon ibn Bashirdan imom Abu Dovud va imom Termiziy rivoyati).

Ya’ni hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam duoni barcha narsaning asosi sifatida ko‘rsatdilar. Modomiki, ibodatning ruhi bandaning o‘zini xoru faqir bilib, kamtar tutishligi deydigan bo‘lsak,  bu narsa esa aynan duo vaqtida ko‘proq namoyon bo‘lib, kamoliga yetadi.

"Axloqus solihiyn" (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

30.09.2026   25998   1 min.
Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasida Indoneziyaning Janubiy Kalimantan viloyati ulamolar kengashi bosh raisi Shayx Ahmad Syairazi boshchiligidagi 60 kishilik nufuzli delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarni Diniy idora raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov qabul qildi. Samimiy va do‘stona kechgan muloqotda Indoneziyaning yetuk olimlari, tadqiqotchilar hamda yirik tadbirkorlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda mehmonlarga yurtimizdagi diniy-ma’rifiy islohotlar, xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy kabi buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish yo‘lidagi xayrli ishlar va ta’lim muassasalaridagi zamonaviy sharoitlar haqida so‘zlab berildi.

O‘z navbatida, Shayx Ahmad Syairazi O‘zbekistondagi yuksak mehmondostlik uchun tashakkur bildirib, diniy ta’lim tizimidagi yutuqlarni e’tirof etdi. U kelajakda indoneziyalik yoshlarni yurtimizga o‘qishga yuborish, xususan, hadis ilmi bo‘yicha maxsus kurslarga jalb etish niyatida ekanini ta’kidladi.

Shuningdek, indoneziyalik tadqiqotchilar Buxoro va Samarqand shaharlariga safarlaridan olgan yorqin taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi.

Muloqot yakunida xayrli duolar qilindi. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi Diniy idorada Indoneziya ulamolari delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari