Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Sentabr, 2026   |   6 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:45
Quyosh
06:05
Peshin
12:18
Asr
16:40
Shom
18:33
Xufton
19:49
Bismillah
17 Sentabr, 2026, 6 Rabi`us soni, 1448

Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi

03.12.2025   12225   1 min.
Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi

Bugun 3 dekabr kuni Xoja Buxoriy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi ustoz va talabali uchun o‘zgacha xursandchilik bilan boshlandi. Ta’lim muassasasiga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan 15 dona smart doskalari beg‘araz yordam sifatida taqdim qilindi.

Hadyalarni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Qashqadaryo viloyatidagi vakili, viloyat bosh imom xatibi ustoz Rahmatillo Usmonov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasining mas’ul xodimi Asliddin Rahmatullayev topshirdi.

Ta’lim sifatini yanada oshirish, zamonaviy uslub va metodlardan samarali foydalangan holda dars samaradorligini yanada kuchaytirish maqsadida hadya qilingan bu o‘quv jihozlaridan dinimiz ravnaqi, ilm-ma’rifati yo‘lida oqilona foydalanish borasida tavsiyalar berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida yurtimiz tinchligi, osoyishtaligi va mazkur o‘quv jihozlarini yetkazib berishda amaliy yordam berganlar, xususan, muftiy hazratlarining haqlariga xayrli duolar qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi Xoja Buxoriy madrasasiga smart doskalar hadya qilindi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

17.09.2026   135   1 min.
Madina shahri nima uchun “Toyyiba” deb ataladi?

Madina shahri Islom tarixida bir nechta nomlar bilan atalgan. Ulardan eng mashhurlaridan biri “Toyyiba”dir.

Islomdan oldin shahar Yasrib deb atalgan. Bu nom “ayblash” va “yomonlash” kabi ma’nolarni anglatadi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallam shaharga hijrat qilganlarida, unga yangi nom berdilar. U zot alayhissalom shaharni “go‘zal” va “poklangan” ma’nosini anglatuvchi “Toyyiba” deb atadilar.

Shuningdek, Toyyibaga yaqin bo‘lgan va o‘xshash ma’noni anglatuvchi “Toba” nomi ham ushbu shahar uchun ishlatilgan.

Madinada topilgan VIII asrga oid qoyatosh yozuvida shahar Toyyiba nomi bilan atalgan. Bu esa ushbu nom Islomning ilk asrlaridanoq qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi.

Toyyiba bilan bir qatorda, shahar muayyan tarixiy jihatlarini aks ettiruvchi yana bir necha nomlar bilan ham tanilgan:

Nomi Ma’nosi
Madina Shahar
Madinatu Nabiy Payg‘ambar shahri
Madinai Munavvara Munavvar shahar
Dorul Hijra Hijrat diyori
 

Po‘latxon Kattayev,

Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi

Maqolalar