Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Oktabr, 2026   |   22 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:03
Quyosh
06:21
Peshin
12:12
Asr
16:16
Shom
18:06
Xufton
19:20
Bismillah
03 Oktabr, 2026, 22 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

08.07.2025   7300   1 min.

Bugun, 8 dekabr kuni Makka shahridagi “Marmara” mehmonxonasida Bosh qomusimiz O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33 yilligi munosabati bilan ayni kunlarda Makkai mukarramada toatu ibodatlar bilan bo‘lib turgan 240 nafardan ziyod ziyoratchilarimiz uchun bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Jidda shahridagi bosh konsul Sirojiddin Shamsuddinov, “Haj” va “Umra” bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi Ishchi guruh vakillari ishtirok etdi.  

Mutasaddi vakillarimiz umra safarida bo‘lib turgan hamyurtlarimizni  qomusimiz qabul qilingan kun bilan muborakbod etib, yurtimizda so‘nggi yillarda bo‘y ko‘rsatayotgan keng ko‘lamli islohotlar, erkinlik ne’mati, uni asrab-avaylash va qadrlash barcha yurt farzandlarining burchi ekanini alohida ta’kidlab o‘tishdi.  

Ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda keyingi yillarda barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy sohada ham ulkan o‘zgarishlar ro‘y bergani, jumladan, umra ziyorati bir necha yuz ming nafarga, Haj kvotasi esa 15 ming nafargacha oshirilgani, ularga xizmat ko‘rsatish, mavjud sharoitlar havas qiladigan darajaga ko‘tarilgani, bunga hozirda umra amalini ado etayotgan hamyurtlarimiz bevosita guvoh bo‘layotgani qayd etildi.  

Tadbirda ishtirokchilarni yaxshi tilak va duolar bilan qutlash barobarida bayram shirinliklari ham ulashildi. Ko‘taringki va samimiy ruhda o‘tgan tadbir ziyoratchilarda katta taassurot qoldirdi.  

Alloh taolo yurtimizni tinch va farovon, xalqimizni xotirjam va baxtiyor aylasin! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan

24.09.2026   46581   1 min.
Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan

#Mir_Arab_oliy_madrasasi
#Tasavvuf #Ma’rifat #Ilm

 Mir Arab oliy madrasasida talabalarga tasavvuf ilmi, uning ma’naviy-axloqiy asoslari va boy ilmiy merosini chuqurroq o‘rganishga xizmat qiluvchi maxsus «Tasavvuf» xonasi tashkil etildi.

 Xona tasavvuf ta’limotiga oid ko‘rgazmali ma’lumotlar, ilmiy adabiyotlar hamda tarixiy-ma’rifiy materiallar bilan jihozlangan.

Xususan, unda Xojagon–Naqshbandiylik tariqatining oltin silsilasi shajarasi, Buxoroi Sharifning yetti piri, tasavvufga oid muhim tushunchalar, ta’riflar va mashhur asarlar haqidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.


 Bu xona talabalar uchun oddiy darsxona emas, balki ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan tasavvufiy tafakkur, odob-axloq, qalb tarbiyasi va ma’naviy kamolotga oid bilimlarni o‘rganishga mo‘ljallangan ma’rifiy muhitdir.

 Mir Arab oliy madrasasida bunday ixtisoslashtirilgan xonalarning tashkil etilishi nazariy bilimlarni ko‘rgazmali manbalar bilan uyg‘unlashtirish, talabalarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va boy ma’naviy merosimizni chuqur o‘rganishga xizmat qiladi. 


Mirarab.uz 

Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan Mir Arab oliy madrasasi – ilm, ma’rifat va qalb tarbiyasi uyg‘unlashgan maskan
Maqolalar