Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Noyabr, 2026   |   29 Jumadul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:43
Quyosh
07:04
Peshin
12:12
Asr
15:28
Shom
17:12
Xufton
18:28
Bismillah
09 Noyabr, 2026, 29 Jumadul avval, 1448
Videolar

Internet ustozmi?

15.12.2025   15965   1 min.

Abduqahhor domla Yunusov, Toshkent shahar bosh imom-xatibi

VIDEO
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Masjid ish yurituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

09.11.2026   1509   1 min.
Masjid ish yurituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Oliy Hay’ati yig‘ilishi qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tizim xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida Toshkent shahridagi tuman masjidlari ish yurituvchilari uchun o‘quv-amaliy mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Diniy idoraning Huquqshunoslik bo‘limi mutaxassislari ishtirok etib, sohaga oid qonunchilik talablari hamda ijro intizomi yuzasidan quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratdilar: 
 

  • Masjidlarning rahbar organlari tarkibida o‘zgarishlar yuz berganda, bu haqda belgilangan tartibda (bir oy muddat ichida) adliya idoralariga rasmiy ma’lumot kiritish;
     

  • Masjid ustavi, guvohnomalari va boshqa ta’sis hujjatlarini amaldagi qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri yuritish va saqlash;
     

  • Imom-xatib va imom noiblarining besh vaqt namozda o‘z xizmat vazifalarida (joyida) bo‘lishini qat’iy ta’minlash;
     

  • Masjid binolarida olib boriladigan qurilish va ta’mirlash ishlari loyiha hujjatlarini oldindan vakolatli idoralar bilan kelishish. 
     

Ochiq muloqot va qizg‘in savol-javoblar ruhida o‘tgan mahorat darsida ishtirokchilar kundalik ish faoliyatida duch kelayotgan turli huquqiy masalalar yuzasidan mutaxassislardan atroflicha tushuntirish va amaliy tavsiyalar oldilar. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

Masjid ish yurituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi Masjid ish yurituvchilari uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
O'zbekiston yangiliklari