#Xushxabar
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiliklaridagi Fatvo markazi ulamolari tomonidan tayyorlangan “Zakotga oid fatvolar” kitobi nashrdan chiqdi.
Nashrda hanafiy ulamolarining fiqh va fatvo manbalariga tayanilgan holda zakotning farz va shartlari, kimlarga vojib bo‘lishi, ado etish tartibi, kimlarga berish lozimligi, turli mollardan zakot hisob-kitobi, fitr sadaqasi hamda zakotga oid zamonaviy masalalar batafsil yoritilgan.
Ma’lumot uchun:
- Hajmi: 222 bet
- Muqovasi: yumshoq
- Nashriyot: “Matbaachi”
- Narxi: 20 000 so‘m
Ulgurchi xaridorlar uchun aloqa:
+998 91 780 66 33
Manzil: Fatvo markazi, Toshkent shahri (xarita orqali)
Fatvo.uz
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va samimiy muloqot tizimi fuqarolar murojaatlarini atroflicha o‘rganish hamda ularga tezkor yechim topishda muhim omil bo‘lmoqda.
Bugun, 26 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning taklif va murojaatlarini tingladi.
Yuzma-yuz muloqot jarayonida masjidlar holati va faoliyati, imom-xatiblar ishi, haj va umra ziyoratlarini tashkil etish, oilaviy munosabatlarni tartibga solish hamda moddiy yordam ko‘rsatishga oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.
Murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berildi.
Eslatib o‘tamiz, bu kabi ochiq muloqot tadbirlari Diniy idoraning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarda har haftaning chorshanba kuni muntazam o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati