Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida bitiruvchi kurs ayol-qiz talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Dilfuza Egamova ishtirok etdi.
Uchrashuvda diniy sohadagi islohotlar, bitiruvchilarni, xususan ayol-qizlarni ish bilan ta’minlash, otinoyilarning ilmiy-ma’rifiy salohiyatini oshirish hamda sof e’tiqodni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Suhbat yakunida talabalarning savollariga javoblar berildi va bitiruvchilarning kelgusidagi faoliyati uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
«Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.
Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.
Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati