Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Tunda bajariladigan sunnatlar

21.01.2026   9484   4 min.
Tunda bajariladigan sunnatlar

1. Oisha roziyallohu anho aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tunda u yon-bu yonga aylanayotganlarida quyidagi zikrni aytar edilar:

لاَ إله إِلا الله الْوَاحِدُ الْقَهَّارُ رَبُّ السَّمَوَاتِ وَالأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا الْعَزِيزُ الْغَفَّارُ.

“Laa ilaha illallohul vaahidul qahhaaru Robbus samavati val arzi va maa baynahuma al-a’ziyz al-G‘affor”

“Yagona va Qahhor bo‘lgan Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U osmonlaru yer va ularning orasidagi narsalarning Robbi Aziyz va G‘affordir.

 

2. Kechqurun uyg‘onilganda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Kimki kechqurun uyg‘onsa:

لا إلَهَ إلاَّ الله وحْدَهُ لا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ المُلْكُ ولَهُ الحَمْدُ، وهُوَ على كلِّ شيءٍ قَدير، الحَمْدُ لله وسُبْحانَ الله ولا إله إلا الله والله أكبر، ولا حَولَ ولا قُوةَ إلا بالله.

“Laa ilaha illallohu vahdahu laa shariyka lahu, lahul mulku va lahul hamdu va huva a’la kulla shayin qodiyr. Alhamdulillah, Subhanalloh va Laa ilaha illallohu Allohu akbar va Laa havla va laa quvvata illa billah”

“Allohdan o‘zga iloh yo‘q. U yolg‘izdir. Uning sherigi yo‘qdir. Moliklik Unga xos. Barcha hamdu sano Unga xos. U har bir narsaga qodirdir. Allohga hamdlar bo‘lsin. Allohni poklab yod etaman. Allohdan o‘zga iloh yo‘q. Alloh buyukdir. Hech qanday o‘zgartirish va kuch-qudrat yo‘qdir, magar Alloh(ning yordami) ila bo‘lur, deb aytsa, so‘ng «Allohim, meni kechirgin» desa, (yoki duo qilsa, dedilar) albatta, ijobat qilinadi. Agar tahorat qilib, namoz o‘qisa, namozi qabul qilinadi» (Imom Termiziy, Imom Ibn Moja rivoyati).


3. Qo‘rqib uyg‘onilganda:

عَنْ عَمْرِو بْنِ شُعَيْبٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ جَدِّهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ قَالَ: إِذَا فَزِعَ أَحَدُكُمْ فِي النَّوْمِ، فَلْيَقُلْ: أَعُوذُ بِكَلِمَاتِ اللَّهِ التَّامَّاتِ مِنْ غَضَبِهِ وَعِقَابِهِ، وَشَرِّ عِبَادِهِ، وَمِنْ هَمَزَاتِ الشَّيَاطِينِ، وَأَنْ يَحْضُرُونِ. فَإِنَّهَا لَنْ تَضُرَّهُ.

Amr ibn Shuayb roziyallohu anhudan naql qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Birortangiz uyquda qo‘rqsa:

“A’uzu bikalimatillahit tammati min g‘ozobihi va iqobihi va sharri ibadihi va min hamazatish shayatiyn va ay-yahzurun”

“Allohning mukammal kalimalari ila Uning g‘azabi va jazosi, bandalarining yomonliklari, shaytonlarning vasvaslari va ularni mening oldimga kelishlaridan panoh tilayman”, desin (Imom Termiziy rivoyati).

 

4. Yomon tush ko‘rganda:

وعَنْ أَبِي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ ، أَنَّهُ سَمِعَ النَّبِيَّ يَقُولُ: إِذَا رَأَى أَحَدُكُمْ رُؤْيَا يُحِبُّهَا فَإِنَّمَا هِيَ مِنَ اللَّهِ، فَلْيَحْمَدِ اللَّهَ عَلَيْهَا وَلْيُحَدِّثْ بِهَا، وَإِذَا رَأَى غَيْرَ ذَلِكَ مِمَّا يَكْرَهُ، فَإِنَّمَا هِيَ مِنَ الشَّيْطَانِ، فَلْيَسْتَعِذْ مِنْ شَرِّهَا وَلاَ يَذْكُرْهَا ِلأَحَدٍ، فَإِنَّهَا لاَ تَضُرُّهُ. صحيح البخاري،

Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan naql qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz o‘ziga yoqadigan tush ko‘rsa, uni Alloh taolo sizga marhamat qilgan bo‘lib, buning uchun darhol Rabbingizga hamdu sano aytsin va ko‘rgan tushini(yaxshi odamlarga) aytsin. Agar ko‘ngli xushlamaydigan tushni ko‘rsa, demak, u shayton tarafidan bo‘lib, uning yomonligidan Alloh taolodan panoh tilasin:

“A’uzu billahi minash shaytonir rojiym” va uni hech kimga aytib bermasin. Shunda ko‘rgan yomon tushi unga zarar keltira olmaydi!” dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

وعَنْ جَابِرٍ عَنْ رَسُولِ اللَّهِ ، أَنَّهُ قَالَ: إِذَا رَأَى أَحَدُكُمُ الرُّؤْيَا يَكْرَهُهَا، فَلْيَبْصُقْ عَنْ يَسَارِهِ ثَلاَثًا، وَلْيَسْتَعِذْ بِاللَّهِ مِنَ الشَّيْطَانِ ثَلاَثًا، وَلْيَتَحَوَّلْ عَنْ جَنْبِهِ الَّذِي كَانَ عَلَيْهِ. صحيح مسلم،

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumodan naql qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birortangiz o‘zi yoqtirmaydigan tush ko‘rsa, chap tarafiga uch marta tuflasin va shaytondan Alloh taolodan panoh tilasin hamda boshqa tarafga o‘girilib olsin”, dedilar” (Imom Muslim rivoyati).

Uyquda yomon tush ko‘rganda nima qilish kerak ekani yuqoridagi hadislarda bayon qilindi. Lekin ularning eng afzali Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallama aytganlaridek: “Birortangiz yoqtirmaydigan tush ko‘rsa turib namoz o‘qisin va tushini hech imga aytmasin”.

Davron NURMUHAMMAD

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

14.09.2026   12057   1 min.
Ozarbayjonda muftiylar anjumani boshlandi

Bugun, 14 sentyabr kuni Boku shahrida Turkiy davlatlar muftiylari kengashining navbatdagi VII yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshshozoda, Turkiya Diyonat ishlari boshqarmasi raisi Safi Arpagush, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Qirg‘iziston musulmonlari diniy nazorati raisi, muftiy Abdulaziz qori Zakirov hamda boshqa qardosh va xorijiy davlatlar ulamolaridan iborat nufuzli delegatsiyalar ishtirok etmoqda.

Yalpi majlisda nutq so‘zlagan muftiylar o‘z ma’ruzalarida quyidagi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratmoqdalar:

– Kengash qoshidagi Fatvo hay’ati faoliyatini rivojlantirish, ummat uchun zarur qo‘shma fatvolar ishlab chiqish va zamonaviy masalalarga shar’iy yechim topish;

– diniy ta’lim muassasalarida ustoz va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, ilmiy-uslubiy loyihalarni amalga oshirish;

– ekstremizm, terrorizm, takfirchilik, islomofobiya va mazhablararo nizo qo‘zg‘ash kabi tahdidlarga qarshi yakdil ma’rifiy kurashni kuchaytirish.

Shuningdek, Ulamolar diniy-ma’rifiy sohadagi ana shunday hamkorlik butun Turkiy dunyo birdamligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Anjuman davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari