Imom G‘azzoliy shunday dedi:
«Bola ota-onasining qo‘lida omonatdir. Uning qalbi har qanday naqsh va bezakdan xoli, nafis va beg‘ubor gavharga o‘xshaydi. U har qanday naqshni qabul qila oladi va barcha ko‘ngil intiladigan narsaga moyil bo‘ladi. Agarda u yaxshilikka odatlantirilsa va o‘rgatilsa shunga qarab voyaga yetadi. Ota-onasini ham o‘z savobiga sherik qiladi. Bordiyu yomonlikka odatlantirilsa va qarovsiz tashlab qo‘yilsa badbaxtga aylanadi va halok bo‘ladi. Uning gunohi esa unga mas’ul bo‘lganlar va valiylari bo‘yniga tushadi».
Muhammad Ali Muhammad Yusuf
tarjimasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Qur’on - dardga shifodir. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: "(Biz) Qur’ondan mo‘minlar uchun shifo va rahmat bo‘lgan (oyat)larni nozil qilurmiz" (Isro surasi, 82-oyat).
Savol: Nega Alloh taolo "shifo va rahmat" dedi, "rahmat va shifo" demadi?
Javob: Muhammad Mutavalliy Sha’roviy rahimahulloh bunday deydilar: Bu juda nozik ilohiy hikmatdir!
Shifo - kasallik bor bo‘lganidan keyin keladi.
Rahmat - esa kasallikni boshidanoq oldini olishdir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam risolat olib kelgan paytda insonlar “kasal” edi - zalolat, shirk va kufr ichida edilar. Shuning uchun Qur’on avval shifo bo‘lib keldi - dardni davolash uchun.
So‘ng: Ular shirkdan tuzalganidan keyin rahmat keldi - yaxshi, saodatli hayot sifatida.
Qoida: Zararni daf qilish manfaatni jalb qilishdan oldin turadi.
Shuning uchun: Avval - shifo (kasallikni davolash). So‘ng - rahmat (baxtli hayot).
Qur’on esa har bir zamonda insoniyat uchun doimiy “dorixona” bo‘lib qoladi!
Homidjon qori ISHMATBЕKOV