Imom G‘azzoliy shunday dedi:
«Bola ota-onasining qo‘lida omonatdir. Uning qalbi har qanday naqsh va bezakdan xoli, nafis va beg‘ubor gavharga o‘xshaydi. U har qanday naqshni qabul qila oladi va barcha ko‘ngil intiladigan narsaga moyil bo‘ladi. Agarda u yaxshilikka odatlantirilsa va o‘rgatilsa shunga qarab voyaga yetadi. Ota-onasini ham o‘z savobiga sherik qiladi. Bordiyu yomonlikka odatlantirilsa va qarovsiz tashlab qo‘yilsa badbaxtga aylanadi va halok bo‘ladi. Uning gunohi esa unga mas’ul bo‘lganlar va valiylari bo‘yniga tushadi».
Muhammad Ali Muhammad Yusuf
tarjimasi
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Psixologlardan biri aytadi: "Qabulimga juda ko‘p ota-onalar bolalarini olib kelishadi: ularda darslarni o‘zlashtirishda orqada qolish, o‘rtoqlari bilan chiqisha olmaslik, butun dunyodan, voqelikdan uzilish kuzatiladi.
Eng achinarlisi, ota-ona telefondan foydalanishni taqiqlasa, ularga qo‘l ko‘tarishgacha borayotgan bolalar bor. Shuning uchun 15 yoshgacha bolalarga telefon, gadjetlar olib bermaslik lozim”.