Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Avgust, 2026   |   23 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:51
Quyosh
05:20
Peshin
12:34
Asr
17:28
Shom
19:39
Xufton
21:09
Bismillah
06 Avgust, 2026, 23 Safar, 1448
Yangiliklar

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

28.01.2026   15067   1 min.
Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Sog‘lom, baquvvat, epchil va abjir kishi har doim qardlangan. Shunday kishilarning ko‘p bo‘lishi natijasida jamiyat sog‘lom bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida «Sog‘ tanda – sog‘lom aql» shiori ostida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha  musobaqa bo‘lib o‘tyapti.

Bugun, 27 yanvar kuni Toshkent viloyatida imom-xatiblar jismoniy faolligini oshirishga qaratilgan stol tennisi musobaqasi yuqori saviyada, uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.

Diniy soha xodimlari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Kuchli mo‘min kuchsiz mo‘mindan ko‘ra Allohga yaxshiroq va sevimliroqdir» degan muborak hadislarini amalda isbotladilar. 

Tabiiyki, musobaqada kimdir g‘olib, kimdir esa mag‘lub bo‘ladi.

Hakam hay’ati a’olarining xulosalariga ko‘ra:

1-o‘rinni Abufayz domla Husanboyev 
(Bo‘stonliq tumani “Toli buva” imom noibi);

2-o‘rinni Botirjon domla Abdug‘aniyev
(Bekobod tumani “Amirov Dadaxon” jome masjidi imom-xatibi);

3-o‘rinni Husan domla Haydarov
(Ohangaron tumani “Quraysh” jome masjidi imom noibi) qo‘lga kiritdi.

G‘oliblarga sovg‘alar ulashildi.

Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql Sog‘ tanda – sog‘lom aql
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazratlari Saudiya Arabistonining yangi elchisi bilan muloqot qildilar

05.08.2026   5808   1 min.
Muftiy hazratlari Saudiya Arabistonining yangi elchisi bilan muloqot qildilar

Bugun, 4 avgust kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Xaymid janoblarini qabul qildilar.

Muloqot avvalida Muftiy hazratlari elchi janoblarining yurtimizdagi sharafli va mas’uliyatli diplomatik faoliyatiga muvaffaqiyat tiladilar. Suhbatda ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari va do‘stona munosabatlari natijasida ilmiy-tadqiqot, ta’lim, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani ta’kidlandi. Xususan, o‘tgan haftada Prezidentimiz tomonidan elchining ishonch yorlig‘ini qabul qilish chog‘ida Saudiya Arabistoni bilan o‘rnatilgan aloqalar va ziyoratchilarga yaratilayotgan sharoitlar yuqori baholangani alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv chog‘ida diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi hamkorlikning yorqin namunalari qayd etildi. Yaqinda yurtimizda o‘tkazilgan xalqaro forumga Masjid al-Harom imomi Shayx Solih bin Abdulloh bin Humayd va Islom olami uyushmasi Bosh kotibi o‘rinbosari Abdurahmon Zaydning tashrifi, shuningdek, Toshkent islom instituti ustozlarining Makka va Madina shaharlarida malaka oshirib qaytgani mamnuniyat bilan tilga olindi. Shu bilan birga, kelgusida saudiyalik taniqli ulamolarning ham tashriflarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Haj va Umra ziyoratchilariga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yuqori saviyaga olib chiqish borasidagi maqsadlar mushtarak ekani bildirildi. “Vaqf” xayriya jamoat fondi bilan xayriya aloqalar e’tirof etilib, madaniy-ma’rifiy, ilm-fan, o‘zaro tajriba almashish yo‘nalishlaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tomonlar ikki xalq o‘rtasidagi birodarlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va muhokama qilingan dolzarb masalalar bo‘yicha birgalikda sa’y-harakat qilishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari