Sayt test holatida ishlamoqda!
03 May, 2026   |   15 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:18
Peshin
12:25
Asr
17:17
Shom
19:26
Xufton
20:49
Bismillah
03 May, 2026, 15 Zulqa`da, 1447

Otam menga yordamchi

11.01.2024   822   2 min.
Otam menga yordamchi

Oilada yagona qiz farzand bo'lganim uchun hamma yumushlar mening zimmamda edi. Boshida idishlarni yuvish, uylarni supurish, kiyimlarni taxlash kabi ishlar menga qiziq tuyulardi. Bora-bora bu ishlardan bezillab qoldim. Oshxona ham ko'zimga yomon ko'rinadigan bo'lib qoldi.

Dadam menga bu ishlar yoqmayotganini bilib oshxona ishlarida menga yordamlashadigan bo'ldilar. Dadam oshxonaga kirib onamning fartuklarini taqib olardilar. Keyin men yig'ishtirib kelgan idishlarni eng shimarib yuvishga kirishardilar. Orada zerikib qolmasin deb menga suv sachratib hazillashib ham turardilar. Shu bahona o'qishlarim va boshqa ishlarim haqida dadam bilan gaplashib ham olardik.

Maktabimizda o'tkazilgan musobaqada g'olib chiqqan kunim hech esimdan chiqmaydi. O'sha kuni dadam onamga “Bugun oshxonani qizim ikkalamizga qo'yib ber” degandilar. Keyin ikkalamiz oshxonaga kirib lazzatli taomlar, pishiriqlar pishirgandik.

Shu tariqa dadam menga oshxona ishlarini sevdirib qo'ygandilar. Oshxona ishlarini qilayotganda niyatni to'g'ri qilish, bu ishim sababli uyimizda ozodalikka hissa qo'shishimni, bu esa xonadonga baraka olib kelishini tushuntirardilar. Dadam menga uy ishlari ham, agar niyat to'g'ri bo'lsa, ibodatga aylanishini anglatganlar. Ko'pincha o'zlari idish yuvib turganlarida pichirlab zikr qilardilar. Keyinchalik bu odatlari menga ham o'tdi. Dadamning sharofatlaridan oshxona ishlarini zavq bilan bajaradigan bo'ldim. Bugun oshxonaga kirsam, dadam yodimga tushadilar. Haqlariga xayrli duolarimni yo'llayman.

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu'tining

Farzand tarbiyasida 700 ta saboq” kitobidan

G'iyosiddin Habibulloh, Kamronbek Islom tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning talbiyalari

01.05.2026   7338   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning talbiyalari

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning talbiyalari “Labbaykallohumma labbayk. Labbayka laa shariyka laka labbayk. Innal hamda van-ni’mata laka val mulk. Laa shariyka lak” edi (Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Nasoiy rivoyati).