Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Avgust, 2026   |   7 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:37
Peshin
12:26
Asr
17:15
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
20 Avgust, 2026, 7 Rabi`ul avval, 1448

Mir Arab oliy madrasasida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi

08.02.2026   19584   1 min.
Mir Arab oliy madrasasida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi

Mir Arab oliy madrasasiga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov hamda bir qator mas’ul rahbar-xodimlar tashrif buyurdi.
 

 Tashrif doirasida Mir Arab oliy madrasasi, Mir Arab o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi hamda Jo‘ybori Kalon ayol-qizlar islom ta’lim muassasasi pedagog-o‘qituvchilari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.


 Yig‘ilishda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025 yil 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmuni va ahamiyatiga atroflicha to‘xtalib o‘tdilar.


 Shuningdek, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ta’lim sifati va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.


 Yig‘ilish davomida ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish, ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish masalalari bo‘yicha qator taklif va tavsiyalar bildirildi.


 Yig‘ilish yakunida ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish hamda ilmiy salohiyatni mustahkamlash bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 

Mirarab.uz

Mir Arab oliy madrasasida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi Mir Arab oliy madrasasida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi Mir Arab oliy madrasasida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi Mir Arab oliy madrasasida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi Mir Arab oliy madrasasida sohaga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

20.08.2026   8531   1 min.
Anjuman qatnashchilari Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat qilishdi

Xabar berganimizdek, 19-20 avgust kunlari Islom sivilizatsiyasi markazida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 19 avgust kuni ishtirokchilar kutib olinib, ularning Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohati tashkil etildi. Tashrif davomida mehmonlar markazning boy ekspozitsiyalari, Qur’oni karim zali, nodir qo‘lyozmalar hamda buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosiga bag‘ishlangan bo‘limlar bilan yaqindan tanishdi. Ayniqsa, zamonaviy multimedia loyihalari va tarixiy eksponatlar ularda chuqur taassurot qoldirdi.

Ustozlar Markazda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar islom ma’rifatini targ‘ib qilish hamda yosh avlodni milliy-diniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof etishdi.

Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasida ham bo‘lishdi. Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishdi.

Oqshomda Islom sivilizatsiyasi markazi binosida ma’rifiy dastur – mapping namoyish qilindi.

Mazkur tadbirlar islom sivilizatsiyasi merosini targ‘ib etish, diniy ta’lim tizimini yanada takomillashtirib, yangi bosqichga olib chiqishda salmoqli hissa bo‘lib qo‘shiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari