Sayt test holatida ishlamoqda!
27 May, 2026   |   9 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:15
Quyosh
04:55
Peshin
12:25
Asr
17:31
Shom
19:50
Xufton
21:22
Bismillah
27 May, 2026, 9 Zulhijja, 1447

Jannatga hisob-kitobsiz kiradigan bandalar faqat 70 000 tami?

11.02.2026   10648   1 min.
Jannatga hisob-kitobsiz kiradigan bandalar faqat 70 000 tami?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

Savol: “Ummatimdan yetmish mingi jannatga hisobsiz kirurlar. Ular shumlanmaydigan, dam solishni talab qilmaydigan, tamg‘a qizdirib bosmaydigan va Robbilariga tavakkal qiladigan kimsalardir”. Shu hadisda jannatga hisob-kitobsiz kiradigan bandalar 70 ming deb aytilgan ekan. Faqat shu miqdordagi inson hisob-kitobsiz jannatga kiradimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, unday emas. Chunki bir hadisda 70 ming soni ishlatilgan bo‘lsa, boshqa rivoyatlarda 70 mingdagi har bir mingga yana yetmish ming, yana bir rivoyatda yetmish mingning har biriga yetmish ming ummat qo‘shilishi aytilgan. Ya’ni adadlar turlicha kelgan. Savolda keltirilgan hadis sharhida muhaddis ulamolar bu yerdagi adad cheklash uchunmi yoki ko‘plikni ifodalash uchun ishlatilganmi deb bahs yuritganlar va aksar ulamolar bu adad ko‘plik uchun ishlatilgan deganlar.

Chunki Alloh taolo Tavba surasining 80-oyatida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: “Agar ular uchun yetmish marta istig‘for aytsangiz ham, Alloh hargiz ularni mag‘firat qilmas” degan so‘zidagi yetmish ko‘plikni ifodalaydi, undan ko‘p miqdorda istig‘for aytilsa ham, Alloh taolo ularni kechirmasligini boshqa oyatda aytgan.

Demak, rivoyatlarda kelgan adadlardan murod ko‘plik ma’nosi ekani hadisi sharifda zikr qilingan sifatlarga ega har bir mo‘min shu maqomga ega bo‘lishini anglatadi va jannatga hisobsiz kiruvchi mo‘minlar soni ma’lum bir sanoqqa cheklanmaydi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Og‘ir bemorlarning davolanishi uchun xayriya mablag‘lari yetkazildi

25.05.2026   5000   1 min.
Og‘ir bemorlarning davolanishi uchun xayriya mablag‘lari yetkazildi

Muborak Qurbon hayiti arafasida Qashqadaryo viloyatida aholini ijtimoiy va tibbiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli xayriya tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, og‘ir va nogironlikka olib keluvchi kasalliklarga chalingan bolalarning jarrohlik amaliyotlari, onkologik va gematologik xastaliklari bor bemorlarni davolash, shuningdek, jigar va buyrak transplantatsiyasi xarajatlarini qoplash uchun ajratilgan mablag‘lar “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan o‘z egalariga topshirilmoqda.


Mazkur savobli ishlarda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nizom Qurbonov hamda viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonovlar ishtirok etib, bemorlar xonadoniga tashrif buyurdilar va ularning haqqiga xayrli duolar qildilar.

Bu kabi ezgu tadbirlar yurtimizda inson qadrini ulug‘lash va ehtiyojmand fuqarolarga mehr-muruvvat ko‘rsatishning go‘zal namunasi bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Og‘ir bemorlarning davolanishi uchun xayriya mablag‘lari yetkazildi Og‘ir bemorlarning davolanishi uchun xayriya mablag‘lari yetkazildi Og‘ir bemorlarning davolanishi uchun xayriya mablag‘lari yetkazildi Og‘ir bemorlarning davolanishi uchun xayriya mablag‘lari yetkazildi
Dunyo yangiliklari