Birinchi gul: Xushbo‘y gullari va mevali shoxlari bor xurmo daraxti kabi bo‘ling.
Ikkinchi gul: Insonlarning ayblarini oshkor qilish va ularni to‘plashga vaqtingiz bo‘lmasin.
Uchinchi gul: Agar Alloh siz bilan birga bo‘lsa kimdan qo‘rqasiz? Agar U zot sizga qarshi bo‘lsa kimdan umid qilasiz?
To‘rtinchi gul: Hasad inson tanasini yemiradi, rashkning ko‘payishi esa to‘xtatib bo‘lmas olov kabidir.
Beshinchi gul: Bugun tayyorlaning, zaxira yig‘ing. Chunki ertangi kun sizning mulkingiz emas.
Oltinchi gul: Janjal va bekorchiliklardan uzoqlashing.
Yettinchi gul: Xulqingiz ila chiroyli bog‘u bo‘stonlardan ham go‘zal bo‘ling.
Sakkizinchi gul: Yaxshilikni yoying, shunda siz u ila insonlarning eng baxtlisiga aylanasiz.
To‘qqizinchi gul: Insonlarni ularni yaratgan Zotga, hasadni o‘limga qoldiring va dushmanlaringizni unuting.
O‘ninchi gul: Harom ishlarning lazzatidan keyin nadomat, hasrat va azob kelishini unutmang.
Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan
#yangi_oy_e’loni #hijriy_1448_yil
Falakiy hisobga ko‘ra, hijriy 1448 yil
Jumodus soniy oyining 1-kuni 2026 yil 11 noyabr chorshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qachon yangi chiqqan oyni ko‘rsalar shunday duo qilardilar:
"اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ"
O‘qilishi: "Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh”.
Ma’nosi: "Ey, Allohim! Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey, hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!".
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati