Qur'on musobaqasi Dubayda erkaklar va ayollar uchun ikkita alohida joyda o'tkazilmoqda. Ochilish marosimida so'zga chiqqan hakamlar hay'ati rahbari Ibrohim Jassim al-Mansuriy musobaqaning 24-nashrida o'tkazilayotgan saviyasini olqishlab, bu Qur'on hifzi markazlari va mahalliy Qur'on musobaqalari rivojining natijasi ekanini ta'kidladi.
Uning aytishicha, Qur'on hifzi musobaqasi boshlanganiga chorak asrga yaqin vaqt o'tdi va bugungi kunda u sifat va miqdor jihatdan yaxshi darajaga etdi. Shuningdek, u hakamlar hay'ati a'zolarini tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholashda adolat va aniqlikka rioya qilishga chaqirdi.
Musobaqaning birinchi kunida erkaklar o'rtasida etti nafar va ayollar o'rtasida etti nafar da'vogar sahnaga chiqib, o'z iste'dod va mahoratini namoyish etdi. Musobaqa 13-yanvarga qadar davom etadi va g'oliblar taqdirlanadigan yopilish marosimi erkaklar o'rtasida 16-yanvarda, ayollar bo'limida esa 17-yanvarda bo'lib o'tadi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati