#xushxabar #yangi_nashr
Yurtimiz allomalari qoldirgan bebaho ilmiy asarlarni o‘rganish, ularni ona tilimizga tarjima qilib xalqimizga yetkazish bugungi kunning muhim masalalaridan.
Ulug‘ vatandoshimiz, qomusiy olim Imom Abulqosim Mahmud ibn Umar Zamaxshariy rahmatullohi alayhning “Maqomoti Zamaxshariy” asari ana shunday qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.
Oradan qariyb ming yil o‘tganiga qaramay haligacha ahamiyatini yo‘qotmay kelayotgan ushbu nodir asar O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari, ustoz Homidjon qori Ishmatbekov tomonidan tarjima qilinib, nashr etildi.
Ushbu asar ellikta maqomadan iborat bo‘lib, unda har bir musulmon kishida bo‘lishi talab etiladigan poklik, qanoat, nafs tarbiyasi, iffat, do‘stlik, taqvo, sabr, shukr, Allohdan qo‘rqish kabi go‘zal odoblardan namunalar bayon qilingan.
Arab tiliga qiziquvchi, kelajakda tilshunos bo‘lish istagida bo‘lganlar uchun ham muhim manba bo‘lgan ushbu asarni Alloh taolo xalqimizga muborak aylasin!
Ma’lumot o‘rnida, "Maqomati Zamaxshariy" kitobini yurtimizdagi kitob do‘konlari hamda "Shamsiddinxon Boboxonov" nashriyot matbaa ijodiy uyidan xarid qilish mumkin. (Bog‘lanish raqamlari: +998712273430, +998998391607).
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo Dovud alayhissalomga bunday buyurdi: “Bandalarimga aytginki, kim Mening muhabbatimni da’vo qilsa-yu, tun kirganda Men bilan suhbatlashmasdan uxlasa, u yolg‘onchi oshiqdir”.
Axir, chin oshiq o‘z sevgani bilan yolg‘iz qolishni istamaydimi? Albatta, xohlaydi. Shuning uchun, kim Alloh taolo muhabbatining da’vosini qilsa, tunlari hamma uxlaganda peshonasini sajdaga qo‘yib, O‘z mahbubi bilan dil rozlarini arz qilsin.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning "Ilohiy ishq" kitobidan
Nodir Odinayev tarjimasi