Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448
Yangiliklar

Samarqand imomlari Qo‘shrabot tumanida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi

15.04.2026   13889   1 min.
Samarqand imomlari Qo‘shrabot tumanida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi

Samarqand viloyati bosh imom-xatibligi tashabbusi bilan Qo‘shrabot tumanida «Inson qadri uchun» tamoyili asosida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy va xayriya tadbirlari o‘tkazildi. Viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Nursultonxon domla Abdumannonov boshchiligidagi shahar va tuman bosh imom-xatiblari, iqtidorli ulamolar hamda "Haj – 2025" ziyoratchilaridan iborat ishchi guruhi tumandagi 16 ta mahallada bo‘lib, 80 dan ortiq xonadonlar holidan xabar oldilar.


Bu samimiy muloqotlar davomida ehtiyojmand va boquvchisini yo‘qotgan oilalarga moddiy-ma’naviy ko‘mak berildi, bemorlar ziyorat qilinib, ko‘ngillari tog‘dek ko‘tarildi. Shuningdek, mahalla faollari bilan hamkorlikda oilaviy nizolarni bartaraf etish va adashgan shaxslarni sog‘lom hayotga qaytarish bo‘yicha yakkama-yakka tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazildi.


Ma’naviy-ma’rifiy ishlar atrof-muhit obodligi bilan uyg‘unlashib ketdi. "Yashil makon" loyihasi doirasida "Baliqchi ota" jome masjidi hududiga imomlar tomonidan manzarali daraxt ko‘chatlari qadaldi. Bu xayrli amal dinimiz ko‘rsatmasiga munosib javob bo‘lib, kelajak avlod uchun qoldirilgan chinakam merosdir.


Tadbir yakunida tuman masjidlarida peshin namozidan so‘ng ma’rifiy ma’ruzalar tashkil etilib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi so‘rab xayrli duolar qilindi. Bu kabi tadbirlar xalq bilan yaqin bo‘lish, inson dardini tinglash va jamiyatda mehr-oqibat muhitini mustahkamlashning eng oliy namunasi bo‘ldi. 

 

O‘zbekistonton musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Samarqand imomlari Qo‘shrabot tumanida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi Samarqand imomlari Qo‘shrabot tumanida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi Samarqand imomlari Qo‘shrabot tumanida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi Samarqand imomlari Qo‘shrabot tumanida sayyor uchrashuvlar o‘tkazdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yolg‘iz namoz o‘quvchi qiroatni jahriy yoki maxfiy qilishi mumkinmi?

16.06.2026   1886   1 min.
Yolg‘iz namoz o‘quvchi qiroatni jahriy yoki maxfiy qilishi mumkinmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Yolg‘iz namoz o‘qiyotgan odam masalan, xufton namozini jahriy qilib o‘qiyotgan bo‘lsa va esidan chiqib maxfiy o‘qib yuborsa, uning hukmi nima bo‘ladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu kishining namozi to‘liq ado etilgan hisoblanadi. Chunki yolg‘iz o‘qiyotgan namozxon jahriy namozlarni xohlasa jahriy yoki maxfiy o‘qishi mumkin. Ammo jahriy o‘qishi jamoat bilan ado etishga o‘xshaganligi uchun afzal hisoblanadi. Maxfiy namozlarda esa u ham maxfiy o‘qiydi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kunduz vaqtida o‘qiladigan namozlarda ovoz chiqarilmaydi, deganlar.

Yolg‘iz holatda namozni maxfiy o‘qiyotgan namozxon esida yo‘q jahriyga o‘tib ketib qolsa yoki jahriy o‘qiyotib maxfiyga o‘tib ketib qolsa, bu holatda sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Lekin qasddan qilsa, xatokor hisoblanadi.

Jahriy namozlarda qiroatni jahriy va maxfiy namozlarda maxfiy qilishning vojibligi jamoatga, ya’ni imomga tegishli masala hisoblanadi. Shuning uchun imom bu ishlarni unutib tark etsa, sajdai sahv qiladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

 

Maqolalar