Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Avgust, 2026   |   5 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:08
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:17
Shom
19:22
Xufton
20:45
Bismillah
18 Avgust, 2026, 5 Rabi`ul avval, 1448

Hududlarda otinoyilarning bilim va malakasi oshirilmoqda

16.04.2026   20767   1 min.
Hududlarda otinoyilarning bilim va malakasi oshirilmoqda

Mamlakatimizning turli hududlarida, xususan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlarida otinoyilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tizimli o‘quv seminarlari va treninglar yuqori saviyada davom etmoqda.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, viloyat bosh imom-xatiblari va soha olimlari ishtirokida o‘tayotgan ushbu mashg‘ulotlarda asosiy e’tibor otinoyilar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish hamda ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilmoqda.

Seminarlar davomida ishtirokchilar bilan jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, oilaviy qadriyatlarni asrash, yoshlar tarbiyasi hamda bid’at va xurofotlarga qarshi ma’rifat bilan kurashish kabi dolzarb mavzularda qizg‘in muloqotlar olib borilmoqda.

Ayniqsa, islom shariatidagi fiqhiy atamalar tasnifi, ayollarning huquq va burchlari, qaynona-kelin munosabatlari hamda mahalliy urf-odatlarni to‘g‘ri talqin qilish masalalari ma’ruzalarning asosiy mavzusiga aylandi.

Bu kabi o‘quvlar otinoyilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash bilan birga, aholi orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda muhim poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hududlarda otinoyilarning bilim va malakasi oshirilmoqda Hududlarda otinoyilarning bilim va malakasi oshirilmoqda Hududlarda otinoyilarning bilim va malakasi oshirilmoqda Hududlarda otinoyilarning bilim va malakasi oshirilmoqda Hududlarda otinoyilarning bilim va malakasi oshirilmoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

17.08.2026   7045   1 min.
HAMDARDLIK BILDIRAMIZ

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi Hikmatulloh domla Abiyevga padari buzrukvorining vafoti munosabati bilan ta’ziya bildiradi.

Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylasin, jannati Firdavsdan joy ato qilsin, rahmatiga olsin.

Marhumning ahli bayti va yaqinlariga go‘zal sabr, sabrlariga ajrlar ato etsin. Musibatlari o‘rnini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun!

«Barchamiz Allohnikimiz va barchamiz U Zotga qaytamiz».

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari