Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448

O‘zbekiston va Turkiya: Vaqf va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi aloqalar yangi bosqichda

22.04.2026   13359   1 min.
O‘zbekiston va Turkiya: Vaqf va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi aloqalar yangi bosqichda

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi Zayniddin domla Eshonqulov hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Ilhom Berdiyorovdan iborat delegatsiya xizmat safari bilan Turkiya davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrif doirasida asosiy e’tibor vaqf ishlari va ziyorat turizmi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga qaratilmoqda. Shuningdek, delegatsiya a’zolari Turkiyada ta’lim olayotgan talabalar va istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz bilan uchrashib, turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazmoqdalar.

2026 yil 21 aprel kuni Anqara shahrida Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy hamda Turkiya «Vaqf» boshqarmasi rahbariyati bilan muhim muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 
Uchrashuv avvalida Muzaffar Komilov ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi oliy darajadagi ishonchli munosabatlar barcha tizimlarda, xususan, xayriya va diniy-ma’rifiy sohalarda hamkorlik kengayishiga xizmat qilayotganini alohida qayd etdi.

Muloqot davomida ikki qardosh mamlakat o‘rtasidagi xayriya loyihalari yangi bosqichga chiqayotgani e’tirof etilib, istiqboldagi rejalar kelishib olindi. Ushbu muzokaralar yakunida sohaviy aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim kelishuvlarga erishildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

O‘zbekiston va Turkiya: Vaqf va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi aloqalar yangi bosqichda O‘zbekiston va Turkiya: Vaqf va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi aloqalar yangi bosqichda O‘zbekiston va Turkiya: Vaqf va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi aloqalar yangi bosqichda O‘zbekiston va Turkiya: Vaqf va ziyorat turizmi yo‘nalishidagi aloqalar yangi bosqichda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

YANGI HIJRIY YIL MUBORAK BO‘LSIN!

16.06.2026   563   1 min.
YANGI HIJRIY YIL MUBORAK BO‘LSIN!

 

Muharram oyining 1-kuni — 2026 yil 16 iyun, seshanba kuniga to‘g‘ri kelmoqda.



Muharram — hijriy taqvimning birinchi oyi bo‘lib, Qur’oni karimda zikr qilingan to‘rt ulug‘ va hurmatli oylardan biridir.
 

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam yangi chiqqan oyni ko‘rganlarida shunday duo qilardilar:
اللَّهُمَّ أَهِلَّهُ عَلَيْنَا بِالْيُمْنِ وَالْإِيمَانِ وَالسَّلَامَةِ وَالْإِسْلَامِ رَبِّي وَرَبُّكَ اللهُ

O‘qilishi:
«Allohumma ahillahu alayna bil-yumni val-iymani, vas-salaamati val-Islami, Robbiy va Robbukalloh».

Ma’nosi:
«Ey Allohim! Bu oyni bizlarga baraka va imon, salomatlik va Islom oyi qilgin! Ey hilol, mening ham, sening ham Robbing Allohdir!»



Yangi 1448-hijriy yilda Alloh taolo xonadonlarimizga tinchlik va baraka, qalblarimizga mustahkam iymon bersin va hayotimizda bizni solih amallarga muvaffaq aylasin!

1448 hijriy yil — muborak bo‘lsin!

#hijriy_1448_yil #yangi_oy_e’loni #yangi_hijriy_yil

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari