Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi

29.04.2026   15038   1 min.
Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi

Diniy ta’lim muassasalari rektor va direktorlari hamda talabalaridan iborat delegatsiya Surxondaryoning tabarruk qadamjolari — "Hakim Termiziy" va “Sulton Saodat” majmualarini ziyorat qilishdi.

Ziyorat davomida dastlab Qur’oni karim tilovat qilinib, yurt tinchligi va ilm rivoji yo‘lida ezgu duolar qilindi. 

Tashrif doirasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Jo‘rabek domla Cho‘tmatov mehmonlarga hamrohlik qilib, ushbu muqaddas maskanlarning tarixi, ularning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni hamda ilmiy va ma’naviy ahamiyati haqida qimmatli ma’lumotlarni so‘zlab berdi.

Bu kabi tarixiy qadamjolar bilan tanishish ishtirokchilarda katta taassurot qoldirib, ajdodlar merosiga bo‘lgan hurmatni yanada mustahkamladi.

 

“Imom Termiziy” madrasasi
Matbuot xizmati

Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi Hakim Termiziy va Sulton Saodat majmualari ziyorat qilindi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

19.08.2026   9016   1 min.
Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.

Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari