Sayt test holatida ishlamoqda!
25 May, 2026   |   7 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:17
Quyosh
04:56
Peshin
12:25
Asr
17:30
Shom
19:48
Xufton
21:20
Bismillah
25 May, 2026, 7 Zulhijja, 1447

Mir Arab talabalari o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

06.05.2026   9164   1 min.
Mir Arab talabalari o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi

Shu yil 4 may kuni Mir Arab o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasida talabalarning Qur’oni karimga bo‘lgan muhabbatini oshirish va hofizi kalomlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida an’anaviy Qur’on musobaqasining yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

«Imom Osim ibn Abu Najud izdoshlari – Qur’oni Karim oshiqlaridir» shiori ostida tashkil etilgan ushbu tadbir yuqori saviyada o‘tkazildi.


Musobaqa ishtirokchilari ikki yo‘nalish — Qur’oni karimni to‘liq yod olganlar hamda 29-30-juzlarni mukammal o‘zlashtirganlar bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etdi. Talabalarning qiroat va tajvid mahoratini tajribali ustozlar Diyorbek Ahmedov va Anvar Karimovlar baholab bordi. 
 

Tadbirda Mir Arab o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri Jaloliddin Saburov, oliy madrasa katta ustozi Ismoiljon Hamroqulov va boshqa soha vakillari ishtirok etib, qorilarning ilm yo‘lidagi zafarlariga xayrli duolar qildi.


Qizg‘in kechgan musobaqa natijasiga ko‘ra, to‘liq hifz yo‘nalishida oliy madrasa talabasi Islom Ilhomov hamda o‘rta-maxsus ta’lim muassasasi talabasi Muhammad Abrorxon Yunusxonov birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. 29-30-poralar bo‘yicha Javlonbek Turdiqulov eng yuqori natijani qayd etdi.


Musobaqa yakunida g‘oliblarga qimmatbaho sovg‘a va pul mukofotlari topshirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida Qur’oni karimni ilk bor to‘liq yodlab tugatgan 20 nafarga yaqin talaba alohida e’tirof etilib, taqdirlandi.

Bu kabi musobaqalar kelajakda yurtimizdan yetuk ulamolar va qorilar yetishib chiqishiga xizmat qiladi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Mir Arab talabalari o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Mir Arab talabalari o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Mir Arab talabalari o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi Mir Arab talabalari o‘rtasidagi Qur’on musobaqasi g‘oliblari aniqlandi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Surxondaryoda bayramoldi hashar o‘tkazildi

25.05.2026   701   1 min.
Surxondaryoda bayramoldi hashar o‘tkazildi

Yaqinlashib kelayotgan muborak Qurbon hayiti ayyomiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Surxondaryo viloyatidagi barcha qabriston va ziyoratgohlarda umumxalq xayriya hasharlari yuqori uyushqoqlik bilan tashkil etilmoqda.

Mazkur savobli tadbirlarda diniy soha vakillari ham alohida faollik ko‘rsatib, o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shmoqdalar.


Joriy yilning 23 may kuni viloyat hokimining o‘rinbosari hamda viloyat bosh imom-xatibi Rasuljon domla Abdullayev Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Ma’rifat” mahallasida joylashgan “Mullo Hazrat” qabristoniga tashrif buyurdilar.

Mutasaddilar u yerda olib borilayotgan tozalash va ko‘klamzorlashtirish ishlari jarayoni bilan yaqindan tanishib, hududni yanada tartibga keltirish hamda ziyoratchilar uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarni berdilar.

Bu kabi xayrli hashar tadbirlari ayni paytda viloyatning barcha shahar va tumanlarida qizg‘in davom etmoqda. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Surxondaryo viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Surxondaryoda bayramoldi hashar o‘tkazildi Surxondaryoda bayramoldi hashar o‘tkazildi