Bismillahir Rohmanir Rohiym
بسم الله والله أكبر اللهم منك ولك اللهم تقبل مني
O‘qilishi: Bismillahi. Vallohu akbar. Allohumma minka va laka. Allohumma taqobbal minniy.
Ma’nosi: Allohning nomi bilan. Alloh ulug‘dir. Allohim, bu Sendan va Sen uchundir. Allohim, mendan qabul et.
اللهم تقبل هذا منى كما تقبلت من حبيبك محمد و خليلك إبراهيم عليهما السلام
O‘qilishi: Allohumma taqobbal haazaa minniy kama taqobbalta min Habiybika Muhammad sollallohu alayhi vasallam va Xaliylika Ibrohim alayhimassalom.
Ma’nosi: Allohim! Bu qurbonligimni habibing Muhammad, xaliling Ibrohim alayhimassalomdan qabul qilganingdek qabul qilgin.
إِنِّي وَجَّهْتُ وَجْهِيَ لِلَّذِي فَطَرَ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضَ حَنِيفًا وَمَا أَنَا مِنَ الْمُشْرِكِينَ
O‘qilishi: Inniy vajjahtu vajhiy lillaziy fatoros samaavaati val arz haniyfan va maa anaa minal mushrikiyn.
Ma’nosi: Men to‘g‘ri yo‘lni tanlagan holimda yuzimni osmonlar va Yerni ixtiro etgan Zotga qaratdim. Men mushriklardan emasman.
قُلْ إِنَّ صَلَاتِي وَنُسُكِي وَمَحْيَايَ وَمَمَاتِي لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينَ
O‘qilishi: Qul inna solaatiy va nusukiy va mahyaaya va mamaatiy lillahi Robbil ’alamiyn.
Ma’nosi: Ayting: “Albatta, namozim, ibodatim va hayotu mamotim olamlar Robbi bo‘lmish Alloh uchundir”.
لَا شَرِيكَ لَهُ وَبِذَلِكَ أُمِرْتُ وَأَنَا أَوَّلُ الْمُسْلِمِينَ
O‘qilishi: Laa shariyka lahu va bizaalika umirtu va anaa avvalul muslimiyn.
Ma’nosi: Unga (hech qanday) sherik yo‘qdir. Mana shu (aqida)ga buyurilganman va men (Allohning buyruqlariga) taslim etuvchilarning avvaliman.
Davron NURMUHAMMAD
Bugun, zulhijja oyining to‘qqizinchi kuni yurtimiz ziyoratchilari hajning eng muhim farzini ado etish maqsadida Arafot maydoniga borib joylashdi.
Hadislarda keltirilishicha, Arafot ulug‘ manzillardan biri bo‘lib, bu yerda qilingan duolar shak-shubhasiz qabul bo‘ladi. Buni yaxshi anglagan hojilar har damni g‘animat bilib, bundan unumli foydalanmoqda.
Ishchi guruhi tomonidan ziyoratchilarimiz xotirjam ibodat qilishlari uchun keng va shinam chodirlar tayyorlangan, sovutkich va muzlatkichlar uzluksiz ishlamoqda, uch mahal issiq ovqat, shirinlik va salqin ichimliklar muntazam taqdim etilmoqda.
Hojilarimiz Arafotda duoi xayrlar, ibodatlar bilan bo‘lib, peshin va asr namozlarini jam qilib o‘qiydilar. Duo va tazarrularda bardavom bo‘ladilar. Alloh taolodan yurtimiz tinch, xalqimiz hayoti yanada farovon bo‘lishini, farzandu arjumandlarimiz baxtu saodatini so‘rab iltijolar qilishadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati