Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyun, 2026   |   2 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
17 Iyun, 2026, 2 Muharram, 1448
Yangiliklar

Farg‘ona hojilarining ilk guruhi Vatanga qaytdi

08.06.2026   10726   1 min.
Farg‘ona hojilarining ilk guruhi Vatanga qaytdi

Muborak Haj amallarini sog‘-salomat ado etgan farg‘onalik ziyoratchilarning dastlabki guruhi Vatanga qaytib keldi. Hojilarni Farg‘ona xalqaro aeroportida viloyat mutasaddilari, diniy soha vakillari hamda ziyoratchilarning yaqinlari tantanali ravishda kutib oldi.


Mazkur marosimda davlatimiz rahbari tomonidan yurtdoshlarimizning muqaddas amallarni xotirjam va munosib ado etishlari uchun yaratilayotgan yuksak shart-sharoitlar alohida e’tirof etildi.


Ziyoratchilar Makkai mukarrama va Madinai munavvara shaharlarida bo‘lib, Haj ibodatlarini to‘liq ado etganliklarini, muborak qadamjolarda turib yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda el-yurt ravnaqini so‘rab xayrli duolar qilganliklarini mamnuniyat bilan ta’kidladi. 


Ma’lumot o‘rnida, Farg‘ona viloyatidan muqaddas safarga yo‘l olgan ziyoratchilarning keyingi guruhlarini kutib olish ishlari reja asosida joriy yilning 13 iyuniga qadar davom etadi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Farg‘ona hojilarining ilk guruhi Vatanga qaytdi Farg‘ona hojilarining ilk guruhi Vatanga qaytdi Farg‘ona hojilarining ilk guruhi Vatanga qaytdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Madinada Umar roziyallohu anhu nomi bitilgan qoyatosh topildi

15.06.2026   5197   1 min.
Madinada Umar roziyallohu anhu nomi bitilgan qoyatosh topildi

Madina mintaqasidagi Al-Mahd ma’muriy tuman (muhofaza)da olib borilgan yirik arxeologik tadqiqotlar davomida ilk Islom davriga oid, ikkinchi xalifa Hazrati Umar ibn Xattob roziyallohu anhu nomi bitilgan qoyatosh topildi.

Bu haqda Saudiya Arabistoni Madaniy meros komissiyasi ma’lum qildi.

Toshga quyidagi duo so‘zlari o‘yib yozilgan:

الله ولي عمر بن الخطاب في الدنيا والآخرة لا إله إلا الله

“Alloh Umar ibn al-Xattobning bu dunyo va oxiratdagi do‘stidir (himoyachisi). Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir”.

Matn qadimiy hijoziy xatida yozilgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, bu yozuv xalifaning ushbu hududga shaxsan tashrif buyurganini anglatmaydi. Ammo u islomning ilk o‘n yilliklarida diniy ramzlar va rahbarlar nomlari savdo hamda ziyorat yo‘llari orqali qanchalik tez tarqalganini isbotlovchi muhim dalildir.

Davron NURMUHAMMAD