Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA

30.09.2026   126051   1 min.
USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA

Yurtimizda har yili 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bayrami sifatida keng nishonlanadi. Bu ayyom jamiyatimizda muallimlarga ko‘rsatilayotgan cheksiz hurmat-ehtiromning ramziy ifodasi bo‘lib, aslida, ustozni ulug‘lash ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan eng go‘zal qadriyatlardan biridir.
 

Muqaddas dinimizda ilm ahli va ustozlarning maqomi nihoyatda yuksak. Qur’oni karimning Mujodala surasi 11-oyatida ularning obro‘-e’tibori naqadar baland ekani shunday bayon qilinadi: «...Alloh sizlardan imon keltirganlarni va ilm berilganlarni (baland) daraja (martaba)larga ko‘tarur».
 

Kasb bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi va hududdagi jome masjidlar imom-xatiblari, shuningdek, Nukus shahridagi «Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri hamda mudarrislari ishtirokida xayrli tadbir tashkil etildi.
 

Tadbir doirasida ko‘p yillar davomida diniy sohada samarali mehnat qilib, yoshlarga ilm-ma’rifat ulashgan va bugungi kunda keksalik gashtini surayotgan faxriy ustozlarning holidan xabar olindi. Ulamolar va diniy soha xodimlari muhtaram ustozlarni bayram bilan samimiy muborakbod etdilar.
 

Alloh taolo dinimiz ravnaqiga beminnat xizmat qilgan aziz ustozlarimizga mustahkam sog‘lik, mazmunli umr va oilaviy xotirjamlik ato qilsin!

Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti
Matbuot xizmati

USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA USTOZLAR DOIMO E’ZOZDA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Muftiy hazratlari Fatvo anjumanida nutq so‘zlab, muhim tashabbuslarni ilgari surdilar

24.11.2026   29065   1 min.
Muftiy hazratlari Fatvo anjumanida nutq so‘zlab, muhim tashabbuslarni ilgari surdilar

Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusidagi xalqaro maslahat yig‘ilishida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari dolzarb mavzuda ma’ruza qildilar.

Muftiy hazratlari o‘z nuqtlarida dunyoda tahdidlar kuchayib borayotgan bugungi davrda ummat hamjihatligini ta’minlash tinchlik va taraqqiyotning muhim omili ekani, fatvo kengashlari zamonaviy muammolarga shariat mezonlari va mo‘tadillik tamoyili asosida yechim topishi, raqamli asrda internet orqali tarqatilayotgan ilmsiz va asossiz fatvolarning oldini olish nihoyatda zarurligini qayd etdilar.

Shuningdek, ma’ruzadagi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar, jumladan, Misr Fatvo uyining «Imom Qarofiy» mukofotiga sazovor bo‘lgan Fatvo markazi faoliyati, uning ish uslublari va tajribalari haqidagi ma’lumotlar ko‘pchilikda qiziqish uyg‘otdi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari fatvo idoralari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan muhim takliflarni ilgari surdilar. Ayniqsa, fatvo hay’atlari tasdiqlagan fatvolar uchun yagona raqamli platforma tashkil etish, internet tarmog‘ida fatvo e’lon qilish va sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha mezonlarni ishlab chiqish hamda malakali faqihlarni tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlarni amalga oshirish kabilar ishtirokchilar tomonidan yuqori baholandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari