Sayt test holatida ishlamoqda!
15 May, 2026   |   27 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:30
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:39
Xufton
21:06
Bismillah
15 May, 2026, 27 Zulqa`da, 1447

Soxta salafiylarning botil da'volari

16.01.2023   1297   3 min.
Soxta salafiylarning botil da'volari

Soxta salafiylarning ko'plab botil da'volari bo'lib, ulardan ayrimlarini keltirib o'tamiz.

Ular: – Qur'on va sunnat matnlarining zohiri bilan cheklanib, yuzaki hukm chiqaradilar; – “takfir” (o'zgani kufrda ayblash) va “hijrat” (vatanni tark etish) kabi diniy atamalardan foydalanish orqali musulmonlarni vatangado qiladilar;

– fiqhiy mazhablarni bid'at deb bemazhablikni targ'ib qiladilar;

– tasavvuf va urfni shariatga xilof deb hisoblaydilar;

– g'ayridinlarga o'ta murosasiz munosabatda bo'lib, diniy bag'rikenglikni yoqlamaydilar. .

Soxta salafiylarning hanafiy mazhabiga zid asosiy da'volari quyidagi g'oyalarda o'z aksini topadi:

– “Isolus-savobga” (إِيصَالُ الثَّوَابِ), ya'ni birovlarga atab qilingan savoblarning ularga etib borishiga murosasiz munosabatda bo'ladilar. Masalan, mayyitga Qur'on tilovatidan hosil bo'lgan savobning etib borishini inkor etadilar;

– “Vasiyla” (الْوَسِيلَةُ), ya'ni duo jarayonida Payg'ambar alayhissalomning nomlarini tilga olishni yoxud duo qabul bo'lishi uchun u kishini vositachi qilishni shirk deb biladilar;

– qabrlarni ziyorat qilish va marhum kishilarga Qur'on tilovat qilishni bid'at deb hisoblaydilar. Maqbara va mozorlarni ziyorat qiluvchilarni “quburiy” (ya'ni qabrlarga sig'inuvchi)lar deb atashdek jirkanch ish qiladilar;

– har qanday yangilikni “bid'at” deb, uni rad etadilar;

– o'zlarini “yuqori tabaqa musulmonlari” deb hisoblab, mazhablarga mansub musulmonlarni past tabaqa, zaif va noqis musulmonlar deb biladilar. Ular o'zlarini salaflarga ergashuvchilar deb hisoblab, mazhabdagi musulmonlarni esa ayrim olimlargagina ergashadilar deb da'vo qiladilar.

Hozirgi kunda zamonaviy salafiylar bir necha guruhlarga bo'linib ketgan. Ularni umumlashtirib, ikki guruhga ajratish mumkin:

Birinchisi, davlat boshqaruvida shariatning ustuvorligiga erishish uchun jangu jadallar bilan harakat qiladigan keskin fikrdagi salafiylar.

Ikkinchisi, o'zlarini go'yoki davlatdagi mavjud qonun-qoidalarga itoat etadigan va qarshi chiqmaydigan qilib ko'rsatadigan, jangarilik faoliyati bilan shug'ullanmaydigan “mo''tadil” salafiylar deb hisoblaydiganlar. Ular o'zlarini diniy mutaassibona qarashlaridan qaytmagan holda, boshqa qarashlarga nisbatan hurmat bilan qaraydiganlar guruhiga mansub bo'lib, muayyan mazhabga mansub bo'lishni yoqlamaydilar.

Hozirda soxta salafiylik g'oyalari ostida, asosan, Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq, Kavkaz va Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida faoliyat olib boradigan harakatlar jamiyatdagi e'tiqodiy birlik, barqarorlik va taraqqiyot uchun real tahdidga aylanganini alohida ta'kidlash zarur.

«Soxta salafiylarning sayoz sabog'i»
kitobidan

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi

14.05.2026   9880   1 min.
Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi

#E’tirof 

Mehnat va sadoqat qadr topayotgan yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, nuroniylar hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan fidoyi insonlarga ehtirom ko‘rsatish ezgu an’anaga aylandi.


Ana shu yuksak e’tiborning amaliy ifodasi sifatida 2026 yilgi muborak Haj safari uchun Buxoro viloyatidan 7 nafar yurtdoshimiz “Prezident hojisi” maqomiga sazovor bo‘ldi.


Tantanali tadbirda yo‘llanmalar Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov va viloyat bosh imom-xatibi Jobir domla Elov tomonidan o‘z egalariga topshirildi.


Ta’kidlanganidek, mazkur yuksak e’tirof — yurt ravnaqi, xalq farovonligi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi ko‘p yillik halol hamda fidokorona mehnatga berilgan munosib bahodir.


Tadbirda bo‘lajak hojilardan muqaddas zaminlarda mamlakatimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurtimiz taraqqiyoti uchun xayrli duolar qilish so‘raldi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Buxoro viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi Buxorolik 7 nafar yurtdoshimizga “Prezident hojisi” yo‘llanmaci topshirildi
O'zbekiston yangiliklari