Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Yanvar, 2026   |   2 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:21
Quyosh
07:44
Peshin
12:39
Asr
15:44
Shom
17:29
Xufton
18:46
Bismillah
21 Yanvar, 2026, 2 Sha`bon, 1447

31.12.2022   2468   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Men bilan faqat Allohning O‘zi bor

21.01.2026   801   2 min.
Men bilan faqat Allohning O‘zi bor

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hayotdan olgan darslarim:

Hayotda men bilan faqat Allohning O‘zi bor;

Qoqilsam — Alloh meni suyaydi;

Bemor bo‘lsam — Alloh shifo beradi;

Muhtoj bo‘lsam — Alloh hojatimni chiqaradi;

Gunoh qilsam — Alloh mag‘firat qiladi.

Shuning uchun qo‘rqmayman, xavotirga tushmayman, g‘am chekmayman — chunki Robbim Alloh bor.

 

Meni larzaga solgan ibora:

Bomdod namozi xuddi urushdek — unda faqat mardlargina bo‘ladi.

Agar siz bomdod namozini vaqtida o‘qimaydiganlardan bo‘lsangiz, to‘xtang, hayotingizni qayta ko‘rib chiqing va tezda isloh qiling.

Chunki Alloh bomdodga faqat O‘ziga yaqin va xos bo‘lgan bandalarini uyg‘otadi.

Agar sizning birinchi qaroringiz — bomdod namoziga vaqtida turish bo‘lmasa, kunning qolgan rejalarining qiymati yo‘q.

Chunki siz muvaffaqiyatning boshlanishini yo‘qotdingiz.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytadilar: Ey Abdulloh, falonchi kabi bo‘lma, u tunlari ibodat qilar edi, keyin tark qildi.


Solih zotlardan biri aytadi: “Agar tungi ibodat bo‘lmaganida, bu dunyoda qolishni istamagan bo‘lar edim”.

Bomdod_namozi — muammolar yechimining kaliti, mo‘jizalar darvozasi, imkonsizlikning davosidir.


Allohdan so‘raydigan ehtiyojingiz bormi?

Tunning oxirgi uchdan birida turing, tungi namozni o‘qing, sajda qilib, ehtiyojingizni so‘rang, so‘ng qarang — qanday qilib ato etilishini.

Yo Robbim…

Bandalaring orasida xavotiri uyqusini qochirgan, g‘am-qayg‘ulari charchatgan, tashvishlari yelkalarini ezganlari bor.

Ular Sening yordamingni kutmoqda, karamingdan umid qilmoqda, mehringa mushtoq bo‘lmoqda. Robbim, ularni keng rahmatingdan, ulkan fazlingdan va mag‘firatingdan mahrum etma.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Maqolalar