Sayt test holatida ishlamoqda!
11 May, 2026   |   23 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:36
Quyosh
05:09
Peshin
12:24
Asr
17:22
Shom
19:35
Xufton
21:01
Bismillah
11 May, 2026, 23 Zulqa`da, 1447

Qasamning kafforati

03.01.2024   2669   2 min.
Qasamning kafforati

Cavol: Qasamning kafforatini tushuntirib bersangiz?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Aslida qasam ichgan odam qasamiga sodiq qolishi lozim. Agar qasamida turmasa, qasamxo'r bo'ladi va gunoh sodir etgan hisoblanib, kafforat berishi vojib bo'ladi.

Qasamni buzgan kishi xohlasa o'n kishini taomlantiradi, xohlasa ularni kiyim bilan ta'minlaydi. Bunda kamida shim va ko'ylak kabi kiyimlar bo'lishi kerak. Agar bu ikki ishdan birortasiga qodir bo'lmasa, uch kun ketma-ket ro'za tutadi. Qasamni buzmasdan turib kafforat to'lanmaydi. Qasamning kafforati haqida Qur'oni karimda bunday deyiladi: “...Buning kafforati (jarimasi) – oilangizni oziqlantirish uchun lozim taomlarning o'rtacha miqdorida o'nta miskinga taom berish yoki ularning kiyimlari yoxud bir qulni ozod qilishdir. Kimki (bularni) topa olmasa, uch kun ro'za tutishi (mumkin). Ana shu ichgan (va buzgan) qasamlaringizning kafforatidir. Qasamlaringizni asrangiz! Alloh sizlarga O'z oyatlarini shunday bayon qiladi, toki shukr qilgaysiz” (Moida surasi, 89-oyat).

Agar kishi o'z ota-onasiga gapirmasligi kabi gunoh ishni qilishga qasam ichgan bo'lsa, qasamini buzib, kafforat to'lashi lozim bo'ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bir ishga qasam ichsayu, keyin undan boshqasi yaxshiroq ekanini bilsa ichgan qasamiga kafforat to'lasin-da o'sha yaxshiroq ishni qilsin”, deganlar (Imom Ahmad, Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyati).

Bu hukmlarda qasamni bilib turib buzgan ham, majburlanib buzgan ham, unutib buzgan ham barobardir (“Al-Muxtor”, “Fathu babil inaya”). Vallohu a'lam.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

O‘TGANLAR HAQQIGA QILINADIGAN DUO

09.05.2026   11283   1 min.
O‘TGANLAR HAQQIGA QILINADIGAN DUO

Bismillahir Rohmanir Rohiym

#duo

Robbanag‘fir lanaa va li-ixvaaninallaziyna sabaquuna bil iymaan va laa taj’al fiy quluubinaa g‘illal-lillaziyna aamanu, Robbanaa innaka roufur rohiym.

"Ey Robbimiz, bizni va bizdan avval iymon bilan o‘tgan birodarlarimizni mag‘firat qilgin, iymon keltirganlarga qalbimizda nafrat (paydo) qilmagin. Ey Robbimiz, albatta, Sen mehribon va rahmli Zotsan" (Hashr surasi, 10-oyat).