Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Avgust, 2026   |   12 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:17
Quyosh
05:42
Peshin
12:25
Asr
17:10
Shom
19:12
Xufton
20:32
Bismillah
25 Avgust, 2026, 12 Rabi`ul avval, 1448

Diniy ekstremistik oqimlar zalolat botqog'idir

25.08.2022   2527   4 min.
Diniy ekstremistik oqimlar zalolat botqog'idir

Hozirgi davrdagi jaholat urug'ini sochayotgan soxta ekstremistik g'oyalarga ma'rifiy jihatdan kurashda islom dinimiz tarixiy taraqqiyotida ham shaklan boshqacharoq ko'rinishda bo'lsa-da, lekin mazmunan aynan shunday ekstremistik g'oyalar oldin ham bo'lganiga guvoh bo'lamiz. Dinimiz tarixiga nazar solar ekanmiz, yana shunga amin bo'lamizki, sog'lom idrok, sog'lom haqiqat va g'oyalar soxta g'oyalar ustidan hamisha g'alaba qozonib kelgan. Islom dinimiz rivojiga buyuk hissa qo'shgan bobokalonimiz Abu Mansur Moturidiyning ilmiy merosida soxta g'oyalarga qarshi ish olib borgan kurashini ko'rish mumkin. U kishining «Kitob at-tavhid» asarida soxta ta'limotlarga ergashishni oldini olishda ishonchli dalillardan keltirib, bu yo'ldagi barcha xatoliklar sababini aniq ko'rsatib berganiga guvoh bo'lamiz: «Taassub, bu ko'r-ko'rona taqlid bo'lib, u juda keng tarqalgan illatdir, ya'ni bunda juda ko'pchilik biron-bir ma'naviy yoki diniy yo'lboshchiga, uning fikrlari mazmun-mohiyatini tushunmagan holda qo'shilishga engib bo'lmas moyillik bildiradi. Mana shu sabab natijasi o'larok, har bir firqa va har bir yo'nalish shu paytga qadar o'z tarafdorlariga ega bo'lib kelmoqda. Bu muxlislar qachondir qabul qilingan soxta ta'limotga sadoqatda qat'iylik namoyish etmoqdalar va yana o'zlarini haqiqatning yagona egalari hisoblamoqdalar», — degan fikrlari bugungi diniy-ekstremistik guruhlarga aytilgandek seziladi. Moturidiy bobomiz o'sha davrdagi islom ichidagi soxta oqim va firqalarning haqiqiy mohiyatini ochib bergan. Bunday oqimlar o'sha davrda ham ko'p bo'lgan. Shunga qaramasdan ezgulik bilan yovuzlik jamiyatda hamisha yonma-yon kurashib, bu kurashda ezgulik g'alaba qilib kelgan. Shu ma'noda bugungi jaholat yo'liga kirgan, dinni niqob qilib olgan halqaro terrorizmga qarshi kurashdagi ma'rifiy yo'llaridan biri o'zbek xalqining milliy va islom diniy qadriyatlari, ularga tayanib, yosh avlodni Vatanga muhabbat, ajdodlarga sadoqat, zo'ravonlikka nafrat ruhida tarbiyalovchi, ularni ezgulik va bunyodkorlikka da'vat etuvchi bitmas-tuganmas kuch-qudrat manbai sifatida qaralishi lozim. Ular nafaqat mafkuraviy bo'shliqning yuzaga kelishiga, balki ming yillardan beri halol mehnati va olamshumul kashfiyotlari bilan jahon taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shib kelayotgan o'zbek xalqining harakterli xususiyati (mentaliteti) ga tamomila zid bo'lgan terrorchilik g'oyalarining kirib kelishi va yoshlar ongini zaharlashga qarshi qaratilgan mustahkam qalqon bo'lib hizmat qilishi mumkin.

Milliy – diniy qadriyatlarimizni har qanday soxta yovuz g'oyalardan saqlash va himoya qilishda Islom dini o'z ta'limotlaridan Qur'oni karim va hadislardan ma'rifiy jihatdan foydalanib, har qanday sharoitda ham terroristik harakatlarni qoralab, nohaq to'kilgan qon kimning qoni bo'lishdan qat'iy nazar eng og'ir gunoh hisoblaydi. Qur'onni Karimning «Moida» surasida 33-oyatda bu fikrning isboti o'z aksini topgan: «Biror jonni o'ldirmagan, buzg'unchilik, qaroqchilik kabi fasod ishlarni qilmagan insonni o'ldirgan odam huddi hamma odamlarni o'ldirgan kabidir. Unga hayot bahsh etgan odam esa barcha odamlarni tiriltirgan kabidir».

Payg'ambarimiz (s.a.v): «Yov bilan harbiy to'qnashuvni orzu qilmangiz, balki Allohdan xotirjamlik va osudalik tilangiz», deb marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Bugungi kunda islom dinining qanchalik insonparvar, mehr-shafqatga chaqiradigan, taraqqiyparvar va ma'rifatparvar dinligini yoshlarimiz anglab etgandagina turli islom niqobidagi ekstremistik jaholat yo'liga kirgan g'oyaviy kuchlarga nafrat bilan qaraydi, shuningdek, biz imom-xatiblar ham vatandoshlarimizga va yoshlarimizga asl islomning mohiyati va mazmunini asl holatda anglata olgandagina to'la maqsadimizga erishamiz.

M.Avezov
Imom Faxriddin ar-Roziy islom 
bilim yurti mudarrisi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiya matbuoti: O‘zbekiston madaniy-gumanitar, turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

24.08.2026   20211   1 min.
Saudiya matbuoti: O‘zbekiston madaniy-gumanitar, turizm sohalarida xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Saudiya Arabistonining nufuzli OAVda O‘zbekistonning madaniy-gumanitar, turizm va sport sohalaridagi xalqaro hamkorligi hamda mamlakatda bo‘lib o‘tadigan yirik tadbirlarga bag‘ishlangan tahliliy maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Xususan, Saudiya Arabistonining “Amwaj” nashrida joriy yilning 24–29 avgust kunlari Toshkentda “Islom sivilizatsiyasi: yangicha nigoh, yangi kashfiyotlar” mavzusida xalqaro mediaforum o‘tkazilishi keng yoritildi.

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadigan ushbu yirik tadbirga yetakchi xorijiy jurnalistlar va xalqaro ekspertlar to‘planishi qayd etilgan. Forum dasturi yalpi majlislar, talabalar uchun mahorat darslari, mediaturlar va Samarqandning tarixiy obidalarini ziyorat qilishni o‘z ichiga oladi hamda O‘zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligini nishonlashga bag‘ishlanadi.

Shuningdek, nashrda Samarqandda O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan birinchi O‘zbekiston–Gruziya turizm forumi ham yoritilgan. Ta’kidlanishicha, tadbir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Gruziyaga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.

Tomonlar qo‘shma sayyohlik mahsulotlarini yaratish, to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish va turizmning yangi turlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan. Gruziyadan kelayotgan sayyohlar oqimining sezilarli darajada oshgani va O‘zbekiston turizm sohasining umumiy ko‘rsatkichlari yuqori ekani qayd etilgan.

“Saudi Press Agency” axborot agentligi Jidda shahrida Saudiya Arabistoni Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi hamda O‘zbekiston Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi o‘rtasidagi Anglashuv memorandumiga doir ijro dasturi imzolangani haqida xabar berdi.

Ushbu hujjat mo‘tadillik tamoyillarini mustahkamlash, ekstremizmga qarshi kurashish, voiz va imomlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish, Qur’oni Karim ma’nolarini o‘rganish va yoyish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari