Halqimizning aksariyati, barcha aloqa vositalari, xossatan internet yo'nalishi bo'yicha tarqatilayotgan buzg'unchi yot g'oyalar va mafkuralarga nisbatan nozik va pok xilqatdirlar. Chunki xalqimizning yoshlarida mazkur illatlarga qarshi kurashish quvvati umuman yo'q yoki o'ta oz bo'lishi mumkin. Buning uchun esa yuqorida aytib o'tilganidek yoshlarning ongida mazkur illatlarga qarshi kurashish immunitetini hosil qilish uchun ularni ommatan emlash kerak. Voqelikda esa mana shu emlashdan yuz o'girilib, «yoshlarning ongi hali shakllanmagan, o'zlari oq bilan qorani ajratadigan bo'lib, hayot yo'lini tanlash yoshiga etganida o'zi ajratib olaveradi, hozir esa ularni har xil g'oyalar va mafkuralar bilan chalg'itmaslik kerak» deb kerakli fursat qo'ldan boy berilmoqda. Albatta, hozirgi kunda bong urib xalqimizni ogohlantirilayotgan yot g'oyalardan biri ekstremistik g'oyalarni tarqatayotgan turli-tuman firqalarning g'oyalaridir.
Bunga qarshi kurashishni esa bir qancha yo'llari bor, ulardan:
Birinchi va eng muhimi, hozirgi kunda e'tibor berilmayotgani yoshlarning ongida o'zlarining dini, e'tiqodiga bo'lgan ma'lumotlarni to'g'ri, sof va rejali asosda joylashtirish kerak. Buning uchun esa yoshlarni shifokorlar tomonidan ommatan emlash yo'lga qo'yilganidek, diniy mutaxassislar tomonidan yoshlarni sof Islom aqiyda va tushunchalari bilan emlash kerak. Bu ma'naviy emlashni esa barcha majburiy ta'lim muassasalarida qo'llash eng samarali uslubdir. Aks holda kech bo'ladi. Kasallik rivojlanib, katta jarohatlarni, balki qurbonlarni keltirib chiqaradigan darajaga borganidan keyin unga har xil chora va muolajalarni qo'llashning foydasi bo'lmay qoladi. Mazkur haqiqatni bir emas, bir necha mamlakatlarning aholisini ichida bo'layotgan hodisalardan ham bilib olsak bo'ladi.
Ikkinchi: hozirgi kunda hayotni internetsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Demak, o'z-o'zidan uni mutlaqo man etib, uning faoliyatini to'xtatib qo'yishga imkoniyat yo'q. Shuning uchun ham yoshlarni ongida ularga ijobiy ta'sir qila oladigan uslub bilan internetdan foydalanish qonun-qoidalari va birinchi o'rinda dinimiz belgilab bergan odoblar bilan tanishtirish kerak va bu borada tanishtiruvchilarni o'zlari ibrat bo'la olar darajada bo'lishlari maqsadga muvofiqdir.
Uchinchi: Yoshlarning ongida har xil ko'ngilochar o'yinlar yoki bo'sh vaqtlarni zerikmaslik uchun har xil bekorchi mashg'ulotlar bilan zoye qilishni o'rgatadigan har qanday tashviqot va targ'ibot uslublariga qarshi kurashish kerak.
To'rtinchi: yoshlarni mazkur illatlardan ogohlantirib, qaytarish bilan birgalikda ularni ko'ngillarini egallay oladigan, har taraflama foydali va samaraliroq bo'lgan g'oyalar bilan ta'minlash kerak.
Beshinchi: Internet saytlarida yoshlarni zeriktirmaydigan, balki ular uchun yangilik va kashfiyot sifatida qabul qilinadigan darajadagi ijobiy, axloqiy, diniy ma'lumotlarni ko'plab tarqatish kerak (bunda savob nimayu gunoh nima va bu ikkalasiga nisbatan qanday munosabatda bo'lish kerak va ularni amalga oshirayotganlarga Alloh taolo tarafidan qanday muomala qilinadi). Yoshlarning qalbida esa har qanday narsani bilib, har qanday maxfiy narsani ko'rib va kuzatib turuvchi Alloh taoloning borligi va Yagonaligi to'g'risidagi e'tiqodni shakllantirish kerak.
Oltinchi: Yoshlar nima uchun yot g'oyalarni tarqatayotgan internet saytlaridan ko'plab foydalanadiyu, kerakli g'oyalarni tarqatayotgan internet saytlaridan deyarli umuman foydalanmaydi. Buni ham tahlil qilib, o'z o'rnida muolaja qilish kerak. Buning asosiy sabablaridan biri esa, yot g'oyalarni tarqatayotgan saytlar bir necha o'n minglab bo'lsa, milliy qadriyatlar, diniy va axloqiy ma'lumotlarni to'g'ri holda tarqatayotgan saytlar barmoq bilan sanarli darajada ozligidir. Qolaversa, yot g'oyalarni tarqatayotganlar uchun hech qanday cheklov va har xil to'siqlar umuman yo'q. Lekin ularga qarshi immunitetni hosil qiladigan ma'lumotlarni tarqatadiganlar uchun esa albatta har xil cheklov va to'siqlar bor. Ba'zida mana shu cheklov va to'siqlar taqdim qilinayotgan ma'lumotlarni soxtalashtirib, uning ijobiy ta'sirchanligini yo'qotadi. Natijada u ma'lumotni o'rganayotganlar bir ikki marta kirib o'qiganlaridan keyin o'zlarida zerikishni his qiladi, natijada “qarmoq” sifatida taqdim qilingan yot g'oyalarning o'ljasiga aylanadi. So'zimiz isboti uchun ba'zi bir ma'lumotlarni taqdim etamiz. Masalan: jamiyatimiz ravnaqi va yoshlarimizning tarbiyasi uchun hech qanday manfaati bo'lmaydigan saytlar borki bir kunda bir necha minglab yoshlar aynan shu saytlarga kiradi va o'zlariga qandaydir befoyda ma'lumotlarni oladi. Biz bu o'rinda xorijdan turib yot g'oyalarni va har xil ko'ngilochar o'yinlar, buzg'unchilik va fahshni targ'ib qiladigan saytlarni keltirmadik. Chunki ularning son-sanog'i yo'qdir. Va shunday rasmiy saytlar ham borki (ba'zilarning shaxsiyatiga tegib ketmasligi uchun ularning nomlarini zikr qilmaymiz) ularga barmoq bilan sanarli darajada odamlar kiradi, hattoki o'sha sohaning mutaxassislari majbur bo'lganligidan foydalanadigan saytlar ham bor. Yoki milliylik, ma'naviyat va ba'zi bir diniy ma'lumotlarni tarqatadigan saytlar ham borki, ulardan foydalanayotganlar ham o'ta ozchilikni tashkil etadi. Buning sababi esa hammaga ma'lum.
Yettinchi: Yot g'oyalarga qarshi immunitetni shakllantirish uchun safarbar qilingan mutaxassislar xolis, haqiqiy vatanparvar, millatparvar va shu bilan birga o'zi targ'ib qilayotgan milliylik va ma'naviyat talablariga haqiqatan amal qilib, jonli o'rnak bo'la oladigan bo'lishi kerak.
Sakkizinchi: Bu borada har taraflama xalqning hurmat va e'tiboriga sazovor bo'lgan, ularning ishonchini qozongan, doimo o'zining shaxsiy manfaatlaridan ko'ra yurt va xalqining manfaatlarini yuqori ko'ra oladigan darajadagi namunali mutaxassislar ish olib borishlari kerak. Buni belgilash uchun esa har xil ilmiy unvonlarining ko'pligi emas, balki uning etkazayotgan ma'lumotlariga ko'pchilikning quloq solib, unga amal qilayotganiga nazar solish kerak.
Hoshimjon Nizomiddinov,
Imom Termiziy o'rta maxsus islom ta'lim
muassasasi o'qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi - xalqimiz tarixidagi eng muhim va qadrli sanalardan biri. 1991 yilda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyoga tanilishi xalqimizga o‘z taqdirini o‘zi belgilash, milliy qadriyatlarini tiklash va mamlakatni o‘z taraqqiyot yo‘lidan olib borish imkonini berdi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizda keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berib, bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida izchil islohotlar olib borilmoqda.
Mustaqillik yillarida milliy va diniy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berildi. Ayniqsa, so‘nggi yillarda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash, diniy ta’lim olish uchun shart-sharoitlar yaratish, diniy muassasalar faoliyatini rivojlantirish va jamiyatda diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun O‘zbekistonda islom dinining asl mohiyatini, uning ilm-ma’rifatga, insonparvarlikka, mehr-oqibat va tinchlikka da’vat etadigan ezgu ta’limotlarini o‘rganishga katta ahamiyat berilmoqda. Diniy ta’lim muassasalari faoliyati takomillashtirilib, diniy kadrlar tayyorlash va ularning kasbiy bilimini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.
Yurtimizda islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mashhur allomalarning ilmiy merosini o‘rganish ham ustuvor yo‘nalishlardan biriga aylandi. Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar asarlarini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy merosini yosh avlodga yetkazish va xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilayotir. Bu ishlar xalqimizning milliy g‘ururini yuksaltirish bilan birga, yoshlarni ilm-fanga, ma’naviy kamolotga intilishga qiziqtiradi.
Diniy sohadagi islohotlarning yana bir muhim yo‘nalishi - diniy bag‘rikenglik va konfessiyalararo totuvlikni ta’minlashdir. O‘zbekiston ko‘p millatli va ko‘p konfessiyali davlat sifatida turli din vakillarining totuv va osoyishta hayot kechirishi uchun zarur sharoitlarni yaratmoqda. O‘zaro hurmat, sabr-toqat va totuvlik - yurtimiz tinchligi va barqarorligining muhim kafolatlaridir.
Bugungi global axborot almashinuvi davrida yosh avlodni diniy radikalizm, ekstremizm va boshqa yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish masalasi ham dolzarb ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan mamlakatimizda "Jaholatga qarshi ma’rifat" tamoyili asosida keng ko‘lamli ma’rifiy ishlar olib borilmoqda. Yoshlarga diniy bilimlarni to‘g‘ri va ilmiy asosda o‘rgatish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat va boshqa xalqlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish - bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Mustaqillikning 35 yilligi - bu bosib o‘tgan yo‘limizga nazar tashlab, erishgan yutuqlarimizni baholab, kelajakka yangi maqsadlar bilan qadam tashlaydigan qutlug‘ sanadir. Mustaqilligimiz tufayli bugungi kunga kelib yurtimizda 2160 dan ziyod masjid, 14 ta islom ta’lim muassasasi (4 ta oliy va 10 ta o‘rta maxsus) va 5 ta ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonning 18 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolari uchun Qur’oni karimni sifatli o‘qishni o‘rgatadigan o‘ttizta o‘quv kurslari ochildi. Ushbu kurslarda 100 mingdan ziyod fuqarolarimiz ta’lim olmoqda. Yana bu yil ochilgan Toshkentdagi "Islom sivilizatsiyasi markazi," Samarqanddagi "Imom Buxoriy majmuasi" nafaqat O‘zbekiston musulmonlari, balki butun ummat uchun katta ne’mat bo‘ldi. Joriy yil 2026 yil Ramazon oyida xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun 1 trillion so‘mdan ortiq mablag‘ ajratildi. Buning sababidan necha ming xonadonga quvonch kirib bordi. Yana "Muborak Qurbon hayiti" munosabati bilan xayriya tadbirlarini o‘tkazish uchun yana qaror chiqarilib, 700 milliard so‘mga yaqin mablag‘ ajratildi.
Diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan bunday islohotlar jamiyatning ma’naviy jihatdan rivojlanishiga, milliy va diniy qadriyatlarimizning saqlanishiga hamda yosh avlodning yetuk inson bo‘lib shakllanishiga samarali xizmat qilmoqda.
Mustaqillik - xalqimizga o‘z tili, tarixi, madaniyati, milliy va diniy qadriyatlarini erkin o‘rganish va rivojlantirish uchun berilgan buyuk imkoniyat. Shu bois mustaqillikni qadrlash, yurtimizdagi tinchlik va asrash, islohotlarni qo‘llab-quvvatlash va Vatan taraqqiyotiga o‘z hissamizni qo‘shish - barchamizning umumiy burchimizdir.
Mustaqilligimizning 35 yilligi xalqimizga yangi zafarlar, tinchlik, farovonlik va ma’naviy yuksalish olib kelsin! Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti, xalqimiz birligi va yurtimizdagi tinchlik abadiy davom etsin!
Barchangizga O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqillik bayrami bilan tabriklaymiz!
Bahromiddin Razov,
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi
"Erkin Qoraqalpog‘iston" gazetasi 2026 yil 90-sonidan olingan
***
G‘ӘRЕZSIZLIK – DINIY-MӘRIPIY RAO‘AJLANЫO‘ HӘM MӘNAO‘IY JЕTILISIO‘DIҢ PUNDAMЕNTI
Өzbekstan Respublikasi mәmleketlik g‘әrezsizliginiң 35 jillig‘i – xalqimizdiң tariyxindag‘i yeң әhmiyetli hәm qәdirli sәnelerdiң biri. 1991-jili Өzbekstanniң g‘әrezsiz mәmleket bolip dүnyag‘a tanilio‘i xalqimizg‘a өz tag‘dirin өzi belgileo‘, milliy qәdiriyatlarin qayta tikleo‘ hәm mәmleketti өz rao‘ajlanio‘ joli menen alip bario‘ imkaniyatin berdi. Өtken jillar dao‘aminda mәmleketimizde keң kөlemli өzgerisler jүzege asip, bүgin Jaңa Өzbekstandi qurio‘ jolinda izbe-iz reformalar alip barilip atir.
G‘әrezsizlik jillarinda milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdi qayta tikleo‘ge ayriqsha itibar berildi. Әsirese, soңg‘i jillarda diniy-mәripiy tarao‘dag‘i reformalar jaңa basqishqa kөterildi. Puqaralardiң hүjdan yerkinligin tәmiyinleo‘, diniy bilim alio‘ ushin shәrayatlar jaratio‘, diniy mәkemelerdiң xizmetin rao‘ajlandirio‘ hәm jәmiyette diniy keңpeyillikti bekkemleo‘ boyinsha әhmiyetli jumislar әmelge asirilip atir.
Bүgin Өzbekstanda islam dininiң haqiyqiy mәnisin, oniң ilim-bilimge, adamgershilikke, mehir-aqibetke hәm tinishliqqa shaqiratug‘in iygi tәlimatlarin үyrenio‘ge үlken әhmiyet berilip atir. Diniy bilim berio‘ mәkemeleriniң xizmeti jetilistirilip, diniy kadrlardi tayarlao‘ hәm olardiң kәsiplik bilimin arttirio‘ ushin jaңa imkaniyatlar jaratilip atir.
Yelimizde islam dininiң rao‘ajlanio‘ina үlken үles qosqan ataqli alimlardiң ilimiy miyrasin үyrenio‘ de basli bag‘darlardiң birine aylandi. Imam Buxariy, Imam Termiziy, Imam Maturidiy, Burhaniddin Marg‘inaniy siyaqli ulli alimlardiң shig‘armalarin tereң үyrenio‘, olardiң ilimiy miyrasin jas әo‘ladqa jetkerio‘ hәm xaliq araliq dәrejede keңnen tanitio‘ boyinsha kөplegen ilajlar әmelge asirilip atir. Bul jumislar xalqimizdiң milliy maqtanishin arttirio‘ menen birge, jaslardi ilim-bilimge hәm mәnao‘iy kәmilikke umtilio‘g‘a qiziqtiradi.
Diniy tarao‘dag‘i reformalardiң jәne bir әhmiyetli bag‘dari – diniy keңpeyillik hәm konfessiyalar araliq tatio‘liqti tәmiyinleo‘ bolip tabiladi. Өzbekstan kөp milletli hәm kөp konfessiyali mәmleket sipatinda tүrli din o‘әkilleriniң tatio‘ hәm tinish turmis keshirio‘i ushin zәrүrli sharayatlardi jaratip atir. Өz-ara hүrmet, sabirliliq hәm tatio‘liq – yelimizdiң tinishlig‘i hәm turaqlilig‘iniң әhmiyetli kepillikleri bolip tabiladi.
Bүgingi global xabar almasio‘ dәo‘irinde jas әo‘ladti diniy radikalizm, ekstremizm hәm basqa da jat ideyalardiң tәsirinen qorg‘ao‘ mәselesi de ayriqsha әhmiyetke iye. Usig‘an baylanisli mәmleketimizde «Jәhәlatqa qarsi mәrifat» prinsipi tiykarinda keң kөlemli ag‘artio‘shiliq jumislari alip barilip atir. Jaslarg‘a diniy bilimlerdi duris hәm ilimiy tiykarda үyretio‘, olarda milliy qәdiriyatlarg‘a hүrmet, O‘atang‘a sүyispenshilik hәm basqa xaliqlarg‘a hүrmet sezimlerin qәliplestirio‘ – bүgingi kүnniң әhmiyetli o‘aziypalarinan biri.
G‘әrezsizliktiң 35 jillig‘i – bul өtken jolimizg‘a kөz juo‘irtip, jetiskenliklerimizdi bahalap, keleshekke jaңa maqsetler menen qәdem taslaytug‘in qutli sәne bolip tabiladi. G‘әrezsizligimiz sebepli bүgingi kүnge kelip yelimizde 2160tan aslam meshit, 14 islam tәlim orinlari (4 joqari hәm 10 orta arnao‘li) hәm 5 ilimiy-izzertleo‘ oraylari jumis alip barip atir. Jәne Өzbekstanniң 18 jastan joqari bolg‘an puqaralari ushin Qurani kәriymdi sapali oqio‘di үyretetug‘in otiz oqio‘ kurslari ashildi. Bul kurslarda 100 miңnan aslam puqaralarimiz tәlim alip atir. Jәne biyil ashilg‘an Tashkenttegi «Islam sivilizatsiya orayi», Samarqanddag‘i «Imam Buxariy kompleksi» tek g‘ana Өzbekstan musilmanlari ushin yemes, pүtkil үmmet ushin үlken ne’mat boldi. Biyilg‘i 2026-jilg‘i Ramazan ayinda qayirxomliq ilajlarin өtkerio‘ ushin 1 trillion artiq qarji ajiratildi. Buniң sebebinen neshshe miң shaңaraqqa quo‘anish kirip bardi. Jәne «Mүbәrek Qurban hayiti» mүnәsibeti menen qayirxomliq ilәjlarin өtkerio‘ ushin jәne qarar shig‘arildi hәm 700 milliard so‘mg‘a jaqin qarji ajiratildi.
Diniy-mәripiy tarao‘da әmelge asirilip atirg‘an bunday reformalar jәmiyettiң mәnao‘iy tәrepten rao‘ajlanio‘ina, milliy hәm diniy qәdiriyatlarimizdiң saqlanio‘ina hәm jas әo‘ladtiң jetik insan bolip qәliplesio‘ine nәtiyjeli xizmet yetip atir.
G‘әrezsizlik — xalqimizg‘a өz tilin, tariyxin, mәdeniyatin, milliy hәm diniy qәdiriyatlarin yerkin үyrenio‘ hәm rao‘ajlandirio‘ ushin berilgen ulli mүmkinshilik. Sol sebepli g‘әrezsizlikti qәdirleo‘, yelimizdegi tinishliq hәm tatio‘liqti saqlao‘, reformalardi qollap-quo‘atlao‘ hәm O‘atan rao‘ajlanio‘ina өz үlesimizdi qosio‘ — bәrshemizdiң birgeliktegi o‘aziypamiz.
G‘әrezsizligimizdiң 35 jillig‘i xalqimizg‘a jaңa jeңisler, tinishliq, pәrao‘anliq hәm mәnao‘iy ilgerileo‘ alip kelsin! Jaңa Өzbekstanniң rao‘ajlanio‘i, xalqimizdiң birligi hәm yelimizdegi tinishliq mәңgi dao‘am yetsin!
Bәrshege Өzbekstan Respublikasi Mәmleketlik G‘әrezsizlik bayrami menen qutli-mүbәrek bolg‘ay…
Baxramaddin Razov, Qaraqalpaqstan musilmanlari qaziyati qazisi