Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Avgust, 2026   |   7 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:10
Quyosh
05:37
Peshin
12:26
Asr
17:15
Shom
19:19
Xufton
20:41
Bismillah
20 Avgust, 2026, 7 Rabi`ul avval, 1448

Ma'rifatchilar yoxud o'zbekcha namoz o'qisa ham bo'ladimi?

16.03.2022   2324   8 min.
Ma'rifatchilar yoxud o'zbekcha namoz o'qisa ham bo'ladimi?

BIRINChI DA_''VOGA RADDIYa

Hadissiz dinimizni tasavvur qilish katta zalolat, kufrdir. Chunki Alloh taolo Kalomida namozni farz qilganini aytdi. Ammo uning necha rakat ekanini hadisdan bilib olamiz. Rabbimiz zakot berishni aytdi. Ammo uning miqdorini hadislar belgilab berdi. Haj – farz, ammo uning arkonlarini hadisdan o'rganamiz.

Alloh taolo Qur'oni karimda: «Payg'am­bar sizlarga keltirgan narsani olin­giz, u sizlarni qaytargan narsadan qay­tingiz va Allohdan qo'rqingiz! Albatta, Alloh jazosi qattiq Zotdir» (Hashr surasi, 7-oyat), deyiladi.

IKKINChI DA_''VOGA RADDIYa

“Ma'rifatchilar” besh vaqt namozning vaqtlari va ularning ketma-ketlik tartibi Qur'onda yo'q deb, namozlarning tartiblarini inkor etadilar. Holbuki, Alloh taolo namozni besh vaqt va ketma-ket tartibda o'qishni buyurgan.

Bunga dalil:

وَأَقِمِ الصَّلَاةَ طَرَفَيِ النَّهَارِ وَزُلَفًا مِنَ اللَّيْلِ إِنَّ الْحَسَنَاتِ يُذْهِبْنَ السَّيِّئَاتِ ذَلِكَ ذِكْرَى لِلذَّاكِرِينَ

«Kunning har ikki tarafida (ya'ni ertayu kech) va tunning bir bo'lagida namoz o'qing! Albatta, savobli ishlar gu­nohlarni ketkazadi. Bu yod etuvchilar uchun yodnomadir» (Hud surasi, 114-oyat).

Rabbimiz bizga namozning vaqtlari­ni bayon qildi. “Kunning har ikki tarafida ado qilinglar”dan murod bomdod, peshin va asr namozlaridir.

Bu oyat bilan kunduzni har ikki tomonida tartib bilan keluvchi uch mahal namoz zikr qilindi. Oyatning qolgan qismida esa “tunning bir bo'lagida namoz o'qing”, deyilgan.

Demak, kechaning bir bo'lagidagi namoz bu shom va xuftondir. Agar “ma'rifat sohiblari” savol qilsalar: “Bu oyatda ketma-ketlik bor, ammo bomdod, ya'ni sahar vaqtidagi namozni o'qi deyilmayapti yoki kechaning bir qismida ikki namoz (shom yoki xufton) namozni ado qil deyilgani yo'q-ku. Kechaning bir qismida bir mahal namoz o'qilsa bo'lmaydimi?” desalar, ularga Isro surasidagi ushbu oyat javob bo'ladi:

أَقِمِ الصَّلَاةَ لِدُلُوكِ الشَّمْسِ إِلَى غَسَقِ اللَّيْلِ وَقُرْآنَ الْفَجْرِ إِنَّ قُرْآنَ الْفَجْرِ كَانَ مَشْهُودًا

«Quyosh og'ishidan to tun qorong'usigacha namozni barkamol ado eting va tonggi o'qishni (bomdod namozini) ham (ado eting)! Zero, tonggi o'qish (farishtalar) hozir bo'ladigan (namoz)dir» (Isro surasi, 78-oyat).

Ya'ni, kunduz va kecha farishtalari bomdod namoziga shohid bo'lib turadilar. Bu oyat yuqoridagi oyatni sharhlab, to'ldiradi. Chunki yuqoridagi oyatda kunduzning bosh tarafidan namozni ado qil, deb amri ilohiy boshlagan edi. Keyingi oyatda kun og'ish vaqti, ya'ni peshin vaqtidan namozni ado qilishga ochiqdan-ochiq buyurilmoqda.

Quyosh qiyomdan og'ishi bilan peshin vaqti kiradi. Har bir narsaning soyasi o'ziga ikki baravar bo'lishi bilan asr vaqti kiradi. Quyosh botishi bilan shom va Alloh bayon qilgan tun qorong'usida xufton vaqti kiradi.

Arab tilining fasohatidan ma'lumki, oyatdagi “quyosh og'ishi” deb tafsir qilingan jumla “duluk” masdari bilan ifoda qilin­gan. Bu so'z quyosh zavolga og'gan vaqtni bildiradi. Alloh taolo agar shu oyatning davomida kun qorong'usigacha namozni ado et demay, kun botgunicha ado et deganda, shom namozidan ke­yin xufton namozi yo'qqa chiqar edi. Shuning uchun الى غسق اليل deb marhamat qildi.

Arab tilida “g'osaqo” fe'li kechadagi zulmat va qorong'ulikni ifodalaydi. Bu oyatdagi “fajr” so'zi tong ma'nosini berib, bomdod namozi ekanini Rabbimiz ochiq aytib turibdi. Chunki arab tilidan ma'lum­ki, “solatul fajr” deb “tong” pallasida ado etiladigan namoz tushuniladi.

Demak, besh vaqt namoz va uning tartibi oyat bilan sobitdir. Buni inkor qilayotgan “Ma'rifatchilar” oyatlardagi ochiq-ravshan hukmni qayoqdan ham anglasinlar?! Holbuki, ular hadisda bashorati berilgan ilmdan yiroq chekka-chekka joylarga o'rnashib olgan kimsalardir.

UChINChI DA_''VOGA RADDIYa

“O'zbekcha namoz o'qiydigan” toifa oyatlardan boshqa dalillarni qabul qilmagani bois faqat Qur'ondan hujjat keltiramiz.

Alloh taolo bunday deb marhamat qiladi: «Albatta, Biz uni (Kitobni) anglashingiz uchun arabiy Qur'on tarzida nozil qildik» (Yusuf surasi, 2-oyat).

Demak, “Qur'on” deb arab tilida nozil qilingan Allohning Kalomini tushunar ekanmiz. Shu haqiqatni anglab etish uchun sog'lom aql kerak bo'lgani uchun ham oyatda “anglashingiz uchun” deb eslatilmoqda.

Alloh taolo Shuaro surasida bunday deb marhamat qiladi: «...u aniq arab tilida edi» (195-oyat).

Oyatda ochiq-oydin arab tilida nozil kilingan matn “Qur'on” deb ataldi. Shuningdek, Qur'oni karimning o'nga yaqin joyida uning arab tilida nozil qilingan ilohiy Kalom ekani ta'kidlangan. Aslida, Qur'onga imon keltirib, unga ergashadigan insonlar uchun bu dalil etarlidir. Ammo qalbida ko'rlik, quloqlarida karlik bo'lgan kimsalarga farazan o'zbek tilida nozil qilinganda ham, unga ergashmagan bo'lar edilar.

Bu haqda Haq taolo bunday marhamat qiladi: «Agar, Biz (Qur'onni) ajam tilidagi (arab tilida bo'lmagan) Qur'on qilganimizda, albatta ular: “Uning oyatlari (o'z tilimizda) bayon qilinmabdi-da. (Muhammadning o'zi) arab-ku, (nega unga) ajamiy (Qur'on tushibdi?)” – degan bo'lur edilar”. Ayting: “(Ushbu Qur'on) imon keltirgan zotlar uchun hidoyat va (dildagi ma'naviy illat uchun) shifodir”. Imon keltirmaydigan kimsalarning esa quloqlarida og'irlik (karlik) bordir va u (Qur'on) ularga ko'rlik (omili) bo'lur. Ular (go'yo) uzoq bir joydan chaqirilayotgan kishilar (kabi garang)dir» (Fussilat surasi, 44-oyat).

Farazan, Qur'onni arab tilida emas, biror boshqa tilda nozil qilganimizda, kofirlar, mushriklar bunga ham gap topar edilar. Chunki ularni Qur'onga ergashish niyatlari yo'q edi. Hozirgi zamonimizda paydo bo'lgan “Ma'rifatchilar” ham xuddi shunday.

Ushbu oyati karimaning tafsirida Imom Qurtubiy aytadi: “Yuqoridagi oyat hukmi bilan haqiqat sobit bo'lgach, Qur'on arabiy ekani va u arab tilida nozil bo'lgani ma'lum bo'ldi. Shuningdek, Qur'on arab tilidan boshqa tilga tarjima qilinsa, u Qur'on emas, balki Qur'oni karimning ma'nolar tarjimasi bo'lishi ayonlashadi”.

Bizlarga O'z Kalomida Qur'ondan qiroat qilib, namoz o'qishimizga buyurgan: «Endi (kechalari namozlaringizda) Qur'ondan (o'zingizga) oson bo'lgan darajada o'qiy­veringiz!» (Muzzammil surasi, 20-oyat).

Namozda Qur'oni karim oyatlaridan yodlaganimizcha qiroat qilib o'qishga Rabbimiz buyurdi. Ammo uning o'zbek yoki boshqa tilga o'girilgan tarjimasini o'qing, demadi.

Inson qancha dono bo'lsa, Allohning Kalo­midagi buyruqqa shuncha ko'proq bo'ysunadi. Islom shariatining asosiy manbalarida aniq belgilab berilgan narsalarni inkor etish esa ahmoqlikdan boshqa narsa emas.

 

Yunusxon MAMARASULOV,

Marg'ilon shahridagi “Said Jalolxon to'ra” jome masjidi imom-xatibi
Hidoyat 6 son 2021 yil

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’limda yangi bosqich: Toshkentda nufuzli anjuman bo‘lib o‘tmoqda

20.08.2026   3524   2 min.
Diniy ta’limda yangi bosqich: Toshkentda nufuzli anjuman bo‘lib o‘tmoqda

Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazining Katta majlislar zalida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» mavzusidagi I ilmiy-amaliy anjumani boshlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli tadbirda Prezident maslahatchisi Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, shuningdek, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari, bosh imom-xatiblar va OAV vakillari ishtirok etmoqda.  Anjumanga jami 700 nafarga yaqin pedagog va soha vakillari jalb etilgan bo‘lib, ularning 300 nafari bevosita zalda, 400 nafari esa hududlardan videoselektor orqali qatnashmoqda.

So‘zga chiqqan notiqlar so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbuslari bilan diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirish va zamonaviy kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlarga to‘xtalib o‘tmoqda. Ta’kidlanganidek, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, Imom Termiziy islom instituti va madrasasi hamda 4 ta xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining tashkil etilishi ilm ahliga keng imkoniyatlar eshigini ochdi. Toshkent islom institutida magistratura ochildi, tizimdagi 510 nafar pedagogning 50 nafardan ortig‘i PhD va DSc ilmiy darajalariga ega bo‘ldi. 

Shuningdek, yurtimizdagi diniy ta’lim muassasalariga Misrning Al-Azhar majmuasi ustozlari jalb etildi. 90 ta fan dasturi va yangi avlod darsliklari yaratildi. Mir Arab, Xadichai Kubro, Hidoya va Ko‘kaldosh madrasalari zamonaviy binolarga ega bo‘lib, Iordaniya, Misr va Birlashgan Arab Amirliklarining yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorliklar rivojlanmoqda.

Ushbu nufuzli anjumandan ko‘zlangan maqsad ham professor-o‘qituvchilar uchun ilmiy-amaliy muloqot maydonini yaratish, pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim jarayoniga raqamli va innovatsion usullarni keng joriy etishdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari