Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Yanvar, 2026   |   24 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:47
Peshin
12:37
Asr
15:35
Shom
17:20
Xufton
18:38
Bismillah
13 Yanvar, 2026, 24 Rajab, 1447

23.02.2022   1818   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar

13.01.2026   151   1 min.
Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar

2024–2025 o‘quv yilida diniy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlab, viloyatimiz masjidlarida xizmat vazifasiga tayinlangan soha xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir yosh imomlar va imom-noiblarning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularga ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda zarur tavsiyalar berish maqsadida tashkil etildi.

Uchrashuvda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Alisher domla Naimov hamda viloyat vakilligi xodimlari ishtirok etdilar. Suhbat davomida masjidlarda faoliyat yuritayotgan yosh imomlar va imom-noiblarning ish boshlaganlaridan buyon amalga oshirgan faoliyati, jamoa bilan ishlash tajribasi hamda muommolari tinglandi.

Muloqot chog‘ida Ubaydulloh domla Abdullayev yosh imomlarning xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishib, ularning tashabbuslari, mas’uliyati va jamoatchilik bilan olib borayotgan ishlariga alohida to‘xtaldilar. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasining hamda Farg‘ona viloyati vakilligi rahbariyati, tashkiliy tuzilmasi va asosiy vazifalari, shuningdek, ish uslubi va talablari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirda imomlik yuksak ma’naviy mas’uliyat va sharafli xizmat ekani ta’kidlandi. Imom-xatiblar va imom-noiblar jamiyatda har tomonlama ibrat bo‘lishi, o‘z odobi, so‘zi va amali bilan insonlarni ezgulikka chorlashi lozimligi qayd etildi. Ayniqsa, yoshlar bilan ishlash, oilalar mustahkamligi, diniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarini zamon talablari asosida olib borish muhim vazifalardan ekani uqtirildi.

Uchrashuv yakunida yosh soha xodimlariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, doimiy izlanish, bilim va malakasini oshirib borish zarurligi ta’kidlandi. Bunday uchrashuvlar yosh imomlarning kasbiy o‘sishi, mas’uliyati va jamiyat oldidagi burchini yanada chuqur anglab yetishiga xizmat qilishi qayd etildi.

 

Farg‘ona viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar Yosh imomlar bilan ochiq muloqot: tajriba, mas’uliyat va kelgusi rejalar
O'zbekiston yangiliklari