Sehr safsata, xayol yoki to'qima narsa emas, balki u haqiqatdir. U er-xotin orasini buzadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ikkisidan er-xotinning o'rtasini buzadigan narsani o'rganar edilar” (Baqara surasi, 102-oyat).
Uning insonning jismiga azob berishi, turli kasalliklar keltirib chiqarishi, hatto o'limga sabab bo'lishi haqdir. Albatta har bir ish Allohning izni bilan bo'ladi.
Qarofiy rahimahulloh aytadi: “Sehr haqiqatdir. U insonning fe'l atvori, tabiati, xulqi o'zgarishiga, hatto agar oldi olinmasa o'limga ham sabab bo'ladi” (Al-Furuq. 149/4).
Imom Navaviy rahimahulloh yozadilar: “Sehrning haqiqat ekaniga jumhur ulamolar ittifoq qilganlar. Unga Qur'oni karim va mashhur bir qancha sahih hadislar dalil bo'ladi”(Ravzat ut-tolibiyn. 346/9).
Ulamolar sehrning haq ekaniga quyidagi oyat va hadisni dalil qilib keltiradilar:
“Va tugunlarga dam soluvchilar yomonligidan” (Falaq surasi, 4-oyat).
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sehr qilindilar. Hatto u zotga qilmagan ishlarini qilgandek tuyulardi. U zot bir kuni mening oldimda edilar, duo qilaverdilar, duo qilaverdilar, so'ng: “Ey Oisha, Alloh menga u haqida fatvo so'ragan ishimda fatvo berganini sezdingizmi?”, dedilar.
Men: “Nima ekan u, yo Rasululloh?”, deb so'radim.
U zot alayhissalom bunday dedilar: “Huzurimga ikki kishi kelib, biri bosh tomonimga, ikkinchisi oyoq tomonimga o'tirdi. Ulardan biri ikkinchisidan: “Bu odamning dardi nima?”, deb so'radi. “Sehrlangan”, dedi u. “Unga kim sehr qildi”, dedi. “Zurayqlik yahudiy Labid ibn A'som”, dedi. “U nima narsada?”, dedi. “Taroq, taroqdagi (soch) va xurmo (guli turadigan)tugunchasining qobig'ida”, dedi. “U qayerda?”, dedi. “Zu Arvon qudug'ida”, dedi”.
So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir guruh sahobalari bilan o'sha quduqqa borib, unga qaradilar. Uning ustida xurmo daraxti bor ekan. Keyin Oisha roziyallohu anho onamizning oldilariga qaytib kelib: “Allohga qasamki, u(quduq)ning suvi ivitilgan hinaga o'xshab ketibdi, xurmolari esa xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshaydi”, dedilar.
“Yo Rasululloh, uni chiqarib tashladingizmi?”, deb so'radim. U zot alayhissalom: “Yo'q, Alloh menga ofiyat va shifo berdi. Odamlarga undan biror yomonlik qo'zg'ab qo'yishdan qo'rqdim”, dedilar. So'ngra uni ko'mib tashlashga buyurdilar” (Imom Buxoriy. 5766; Imom Muslim. 2189).
Zayd ibn Arqam roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yahudiylardan biri sehr qildi. U zot alayhissalom bir necha kun betob bo'ldilar. So'ng Jabroil alayhissalom kelib: “Yahudiylardan bir kishi sizga sehr qildi, tugun tugib, falon quduqqa (tashladi)”, degan xabarni berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odam yuborib, uni chiqartirib, echib yubordilar. Shunda u zot alayhissalom engil bo'lib, turib ketdilar. Bu haqda o'sha yahudiyga hech narsa demadilar va u bilan yuzma-yuz ham kelmadilar” (Imom Nasoiy rivoyati).
Davomi bor...
Davron NURMUHAMMAD
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Muvaffaqiyatga erishganlardan biri shunday hikoya qiladi: “Men faqir bo‘lib tug‘ildim, beshikdaligimdan yo‘qchilik men bilan birga bo‘ldi. Onamning qo‘lida hatto qotgan non ham yo‘q bo‘lgan paytlarda bir burda non so‘rash achchiqligini tuydim. O‘n yoshga yetganimda ko‘chaga ishlash uchun chiqa boshladim, yilda bir oygina o‘qirdim. O‘n bir yillik og‘ir mehnatdan so‘ng yigirma bir yoshga yetgan vaqtimda sakson dollar evaziga birgina ho‘kiz va oltita qo‘zichoqqa ega bo‘ldim. Shu yoshga yetgunimga qadar rohatlanish uchun bir so‘m ham sarflamadim, topgan barcha pullarimni jamlar edim. Haqiqiy mashaqqatni boshdan kechirdim, yashash uchun uzoq ish izladim, oxiri aravaga ho‘kizni qo‘shib o‘tin terishga o‘tdim. Bir oyda olti dollarga ega bo‘lish uchun ertadan kechgacha bor kuchim bilan ishlar edim. Ushbu olti dollarning har biri menga qorong‘u zulmatdagi to‘lin oydek go‘zal ko‘rinar edi”.
Shu’la: Agar o‘tmishda xatolarga yo‘l qo‘ygan bo‘lsangiz endi ulardan ta’lim oling. Ulardan ibrat olganingizdan so‘ng barchasini unuting.
Doktor Oiz al-Qarniyning
"Dunyodagi eng baxtli ayol" kitobidan