Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448

Missionerlik ofati!!!

06.01.2022   2267   4 min.
Missionerlik ofati!!!

Missionerlik- lotincha “yuborish” va “topshiriq” ma'nolarini bildirib, bir dinni boshqa dindagilar o'rtasida tarqatish soxasidagi cherkov (ya'ni, katolik va protestantlar kabi yo'nalishlar) tashkilotlarning faoliyatidir. Sodda qilib aytganda, missionerlik xristianlashtirishdir. Shuni bilish lozimki da'vat (nasixat) boshqa, missionerlik boshqa narsadir.

Bir din vakilini o'z qavmiga xitobi da'vat  bo'lib, har bir inson bu ishni qilishi mumkin. Ammo bir din vakilining boshqa dindagilarni o'z diniga og'dirish uchun qiladigan xarakati esa, missionerlik deyiladi va bu qonun bilan ta'qiqlanadi. Ming afsuslar bo'lsinki oxirgi paytlarda ba'zi shaxslar muqaddas dinimiz Islomni qo'yib, boshqa dinga o'tib ketish xollari kuzatilmoqda. Bu xolga chek qo'yilmas ekan, millat barqarorligiga tahdid solinishi turgan gap!

Dunyo tarixiga nazar soladigan bo'lsak, missionerlarning o'zga din vakillari orasidagi faoliyati xar doyim mintaqa barqarorligini buzgan, axoli orasida notinchlik va qon to'kilishlarga sabab bo'lgan.

Missionerlarning g'arazli maqsadlari va faoliyatlari:

Halqni xristianlashtirish. Shu orqali ularni iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jixatdan G'arb davlatlari ta'sir doirasiga olish;

Halqlarda o'z diniga nisbatan shubha uyg'otish, ularning o'z dinidan chiqarish va dinsiz qoldirish;

Qadimdan xristian bo'lganlarni o'z dinlarida mustahkamroq turishga chorlash va ular safini yangi xristianlar bilan to'ldirish.  

Ular maqsadlari yo'lida barcha vositalardan foydalamoqda, ularning xiyla nayranglari moddiy rag'batlantirish va turli aldov yo'llari bilan olib boradi.

Ba'zi vatandoshlarimiz ularning ketidan ergashib ketayotganining Birinchi sababi – muqaddas Islom dini xukmlaridan mutlaqo bexabarlik.

Ikkinchisi sabab – yon atrofimizdagi kam ta'minlangan oilalar, nogironlar va boquvchisidan ayrilgan qariyalar beva- bechoralardan vaqtida xabar olinmayotgani, moddiy va ma'naviy berilmayotgani bilan bevosita bog'liq. Missionerlar bu «imkoniyat»dan «unumli» foydalanib ba'zi muhtojlarning ko'nglini ovlab, dindan chiqarmoqda. Bu esa bizni jamiyat va xalqimizma'naviy va moddiy ahvoliga yanada jiddiyroq e'tibor qaratishimizni taqozo etadi.

Alloh taolo Qur'oni karimda murtadlik ya'ni Islom dinidan chiqish haqida qat'iy ta'kidlab shunday degan:

“Sizlardan kimda kim o'z (Islom) dinidan qaytib, kofir holida o'lsa, unday kimsalarning qilgan amallari (toat ibodatlari) dunyoyu oxiratda behuda ketar. Ular do'zax ahlidirlar va unda mangu qolurlar” (Baqara surasi, 217- oyat)   

Shu o'rinda katta shaxarlardan birida bo'lgan voqeani eslaylik: O'ziga to'q, maxallada xurmat e'tiborli bir otaxonni oliygohda ta'lim oliyotgan qizlari yo'ldagi baxtsiz tasodif tufayli vafot etadi. Uning janozasiga maxalladoshlar, qarindosh-urug'lar, quda-andalar kabi mingdan ortiq kishi to'planadi. Mayit tobudga solinib janoza o'qilishi uchun olib chiqilmoqchi bo'lganda, qayerdandir ikki nafar missioner da'vatchilari kelib bu qizni dinini o'zgartirib ularning sektasiga qo'shilganini aytib, isbotlar keltirishadi. Marxumani muslima emasligi, dinini o'zgartirganligi barchaga ayon bo'ladi. Tabiiyki unga janoza buyurilmaydi va yig'ilgan jamoa tarqab ketadi. Marxumaning otasi bu sharmandalikni ko'tara olmay yurak xurujidan vafot etadi.

Dunyo uchun oxiratini sotgan kimsa dunyo va oxiratda xo'rlik va sharmandalikka uchrashi aniq!

 

Bahodir Sharipov,

Chust tuman bosh imom xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

27.08.2026   53982   1 min.
Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida diniy-ma’rifiy sohada samarali faoliyat yuritayotgan, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash va yoshlarni yot g‘oyalardan asrash yo‘lida fidokorona mehnat qilayotgan bir guruh soha xodimlari taqdirlandi.
 

Tadbirda Qumqo‘rg‘on tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Eshqobilov ishtirok etib, yig‘ilganlarni qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etdi hamda ularning el-yurt osoyishtaligi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishdagi xizmatlarini yuqori baholadi.


Marosimda fidoyi soha xodimlariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va bayram esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ma’naviy-ma’rifiy soha fidoyilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari