Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Sentabr, 2026   |   4 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:43
Quyosh
06:03
Peshin
12:18
Asr
16:43
Shom
18:37
Xufton
19:52
Bismillah
15 Sentabr, 2026, 4 Rabi`us soni, 1448

Tojikiston muftiysidan minnatdorlik maktubi

04.12.2023   851   1 min.
Tojikiston muftiysidan minnatdorlik maktubi

2023 yil 25-26 noyabr' kunlari Toshkent va Buxoro shaharlarida bo'lib o'tgan nufuzli tadbirlar hamda xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etgan muftiylar va ulamolar nomidan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlariga minnatdorlik maktublari kelmoqda.

Ana shunday maktublardan biri Tojikiston Islom markazi raisi, Tojikiston muftiysi Saidmukarram Abduqodirzoda janoblaridan kelgan. Jumladan:
– Mashhur Mir Arab madrasasining 500 yilligiga bag'ishlangan xalqaro konferentsiyani a'lo darajada o'tkazilgani, O'zbekiston Respublikasida samimiy qabul va mehmondo'stlik ko'rsatilgani uchun chuqur ehtiromimiz va chin dildan minnatdorligimizni qabul qilgaysiz. Shuningdek, ushbu safarda munosib xizmat ko'rsatgan va doimiy hamrohliq qilgan Toshkent shahridagi “Ko'kaldosh” o'rta maxsus islom bilim yurti mudiri Abduhakim qori Matqulovni biriktirilgani uchun alohida tashakkur izhor etamiz.

Umid qilamizki, bunday muhim va dolzarb tadbirlar diniy idoralar rahbarlarining o'zaro tushunishi va hamkorligiga katta hissa qo'shadi, global tinchlik va ikki tomonlama muloqotni rivojlantirishga muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Kelajakda aloqalarimiz va do'stligimiz yanada mustahkamlanadi, deyiladi minnatdorlik maktubida.

Mana shunday minnatdorlik maktublarida yuksak e'tibor va yuqori darajadagi tashkilotchilik uchun tashakkur bildirish barobarida Islom dini rivoji yo'lidagi hamkorlikni mustahkamlash va musulmon ummati uchun dolzarb masalalarga echim topish borasidagi uchrashuvlar yuqori baholangan.

O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

15.09.2026   643   1 min.
Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2026 yil uchun obuna mavsumida faol ishtirok etib, nashrlarni xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shgan imom-xatiblar va mas’ullarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
 

Tadbirda Navoiy viloyati bosh imom-xatibi Temurxon domla Atoyev, shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyi vakillari — Davriy nashrlar bo‘limi boshlig‘i Ibrohim Inomov hamda bosh muharrir Abdujalil Ho‘jamov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida diniy-ma’rifiy nashrlarning bugungi kundagi o‘rni va ahamiyati, ularni keng ommaga yetkazishda imom-xatiblar hamda mas’ullarning vazifalari haqida atroflicha fikr yuritildi.


Tadbir yakunida obuna jarayonlarida faol ishtirok etgan bir guruh imom-xatiblar va mas’ullarga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi Navoiyda diniy nashrlar targ‘ibotchilariga tashakkurnomalar topshirildi
O'zbekiston yangiliklari