Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2026   |   26 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:38
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2026, 26 Zulqa`da, 1447

Sehr bor narsami yoki to'qimami?

11.12.2023   1626   8 min.
Sehr bor narsami yoki to'qimami?

1-qism

Sehr safsata, xayol yoki to'qima narsa emas, balki u haqiqatdir. U er-xotin orasini buzadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ikkisidan er-xotinning o'rtasini buzadigan narsani o'rganar edilar” (Baqara surasi, 102-oyat).

Uning insonning jismiga azob berishi, turli kasalliklar keltirib chiqarishi, hatto o'limga sabab bo'lishi haqdir. Albatta har bir ish Allohning izni bilan bo'ladi.

Qarofiy rahimahulloh aytadi: “Sehr haqiqatdir. U insonning fe'l atvori, tabiati, xulqi o'zgarishiga, hatto agar oldi olinmasa o'limga ham sabab bo'ladi” (Al-Furuq. 149/4).

Imom Navaviy rahimahulloh yozadilar: “Sehrning haqiqat ekaniga jumhur ulamolar ittifoq qilganlar. Unga Qur'oni karim va mashhur bir qancha sahih hadislar dalil bo'ladi”(Ravzat ut-tolibiyn. 346/9).

Ulamolar sehrning haq ekaniga quyidagi oyat va hadisni dalil qilib keltiradilar:

“Va tugunlarga dam soluvchilar yomonligidan” (Falaq surasi, 4-oyat).

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sehr qilindilar. Hatto u zotga qilmagan ishlarini qilgandek tuyulardi. U zot bir kuni mening oldimda edilar, duo qilaverdilar, duo qilaverdilar, so'ng: “Ey Oisha, Alloh menga u haqida fatvo so'ragan ishimda fatvo berganini sezdingizmi?”, dedilar.

Men: “Nima ekan u, yo Rasululloh?”, deb so'radim.

U zot alayhissalom bunday dedilar: Huzurimga ikki kishi kelib, biri bosh tomonimga, ikkinchisi oyoq tomonimga o'tirdi. Ulardan biri ikkinchisidan: Bu odamning dardi nima?, deb so'radi. Sehrlangan, dedi u. Unga kim sehr qildi”, dedi. “Zurayqlik yahudiy Labid ibn A'som, dedi. “U nima narsada?, dedi. Taroq, taroqdagi (soch) va xurmo (guli turadigan)tugunchasining qobig'ida”, dedi. U qayerda?, dedi. Zu Arvon qudug'ida, dedi.

So'ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir guruh sahobalari bilan o'sha quduqqa borib, unga qaradilar. Uning ustida xurmo daraxti bor ekan. Keyin Oisha roziyallohu anho onamizning oldilariga qaytib kelib: “Allohga qasamki, u(quduq)ning suvi ivitilgan hinaga o'xshab ketibdi, xurmolari esa xuddi shaytonlarning boshlariga o'xshaydi”, dedilar.

“Yo Rasululloh, uni chiqarib tashladingizmi?”, deb so'radim. U zot alayhissalom: Yo'q, Alloh menga ofiyat va shifo berdi. Odamlarga undan biror yomonlik qo'zg'ab qo'yishdan qo'rqdim”, dedilar. So'ngra uni ko'mib tashlashga buyurdilar” (Imom Buxoriy. 5766; Imom Muslim. 2189).

Zayd ibn Arqam roziyallohu anhu rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yahudiylardan biri sehr qildi. U zot alayhissalom bir necha kun betob bo'ldilar. So'ng Jabroil alayhissalom kelib: “Yahudiylardan bir kishi sizga sehr qildi, tugun tugib, falon quduqqa (tashladi)”, degan xabarni berdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odam yuborib, uni chiqartirib, echib yubordilar. Shunda u zot alayhissalom engil bo'lib, turib ketdilar. Bu haqda o'sha yahudiyga hech narsa demadilar va u bilan yuzma-yuz ham kelmadilar” (Imom Nasoiy rivoyati).

 Davomi bor...

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bugungi kungi 2 kasallik

14.05.2026   593   2 min.
Bugungi kungi 2 kasallik

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Shayxul islom, Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh suhbatlarining birida “jamiyatdagi ko‘pchilik o‘zboshimcha fatvo berish yoki tibbiyot bilan shug‘ullanish kabi ikki kasallikka duchor bo‘lgan” deb ogohlantirgan edilar.


Darhaqiqat, diniy ta’limdan mutlaqo bexabar insonlarning din va tib ilmini bilmaydiganlarning tib bilan mashg‘ul bo‘lishlari jiddiy muammodir. Bunday holatlar dinimizda qattiq qaytarilgan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Kimki tib(ilmi)ni bilmay turib tabiblik qilsa, u zomindir (Imom Abu Dovud rivoyati).

Boshqa hadisda Nabiy alayhissalom: “Zarar ko‘rish ham, zararga zarar qaytarish ham yo‘q”, deganlar (Imom Ahmad, Imom Ibn Moja, Imom Tabaroniy rivoyati).

Ushbu hadislarda bemorlarni muolaja qiluvchi kishi zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklanagani, yetarli bilim va malakaga ega bo‘lsagina muolajaga kirishishi zarurligi ta’kidlanmoqda.

 

Shuningdek, diniy masalalarni chuqur anglamagan, soxa mutaxassisi bo‘lmaganlarning diniy mavzular haqida so‘zlashi yanada xatarlidir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimga ilmsiz ravishda fatvo berilsa, buning gunohi unga fatvo bergan kimsaga bo‘ladi”, dedilar.

Boshqa hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Odamlarga faqat amir yoki ma’mur, yoki riyokor tomonidangina gapiriladi”, deganlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh bu kabi xatardan qaytarib bunday degan edilar: “Diniy ta’limdan mutlaqo bexabar ba’zi bir qalamkashlar toifasi bo‘lib, ular o‘z maqolalari, chiqishlari va yozuvlarida islomiy masalalarni bayon qilishga urinadilar. O‘zlarini bilimdon ko‘rsatib, odamlarni yo‘lga solmoqchi bo‘ladilar. Aslida esa boshqa g‘arazlari bor. Kimgadir yoqish, kimningdir roziligini topish uchun o‘sha kimsalarga yoqadigan tarzda safsata sotishga urinadilar. Oyatlarning ma’nolari tarjimasini olib, uni o‘zlarining buzuq fikrlariga moslamoqchi bo‘laveradilar.

Hadisi sharif bilan bo‘ladigan muomalalari haqida ham xuddi shu fikrlarni aytish mumkin. Ularning Allohga, Islomga va Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga qarshi bu xil jur’atlarini ko‘rib, hayratdan yoqa ushlaysiz. Bu toifa ham o‘ta xatarli toifadir.

Demak, har bir soha xodimi o‘z mutaxassisligi bilan shug‘ullanishga odatlansin. O‘z navbatida insonlar ham duch kelgan odamdan emas, balki o‘z kasbining egasiga murojaat qilishlari maqsadga muvofiq.

 

Davron NURMUHAMMAD

MAQOLA