Sayt test holatida ishlamoqda!
10 Iyun, 2026   |   23 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:37
Shom
20:00
Xufton
21:36
Bismillah
10 Iyun, 2026, 23 Zulhijja, 1447

Oson va savobi ko'p ibodat

09.06.2021   2218   4 min.
Oson va savobi ko'p ibodat

Zikr nima? Zikr – savobli, oson ibodatdir. Aqli bo'lgan har bir yoshu qari ham, sog'u kasal ham zikr ayta olishi mumkin... Zikr oson dedik. Ammo oson bo'lsa-da, savobi ham oz emas, ko'pdir. Bilasizki:

 

Bir marta ishq ila Alloh desa lison,

To'kilar barcha gunoh misli xazon!

 

Bir marta «Alloh» deyishning, «Laa ilaha illalloh» deyishning, «Astag'firulloh» deyishning savobi ko'p. «Allohumma salli ala sayyidina Muhammad» deyishning savobi ko'p. Ko'pligi aniq. Chunki, bular haqida yuzlarcha hadisi shariflar bor. Siz ham biror Hadis kitobini, masalan, «Riyozus Solihin»ni o'qisangiz, bilasiz. «Riyozus Solihin»ning inglizchasi ham, turkchasi ham bor, arabchasining ham sharhi bor.

Kitobni o'qib, zikr haqidagi  haqiqatlarni, payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zikrga naqadar bog'liq, berilganliklarini o'rganasiz.

Dastlabki zikr aytishga  dalil sifatida ko'rsatilgan oyati  karima – Bismillahir rohmanir rohiym:

Yo ayyuhallazina omanuz kurulloha zikran kasiro. Va sabbihuhu bukratan va asilo – Ey imon keltirganlar, Allohni ko'p zikr qilinglar! Va ertayu kech u zotni poklab, tasbeh aytinglar!

Tasbeh ham zikrning bir turi, «Subhonalloh» demakdir. Oyatda Allohni ko'p zikr eting, tasbeh ayting deb buyurilganining hikmati ko'p... So'ng sevgan, ko'p ajru mukofotlar va'da qilgan bandalari  haqida ham bir oyati karima bor:

Oyat «Albatta musulmon erkaklar va musulmon ayollar»... deb boshlanadi. Oyatning oxirida esa – Allohni ko'p zikr qilgan erkak va ayollar ham qayd etilib, ularga Alloh ulug' ajru savoblar tayyorlab qo'ygani, mag'firatiga mazhar qilganini ta'kidlaydi. Demak, Allohni ko'p zikr qiluvchilarga ham ulug' va'dalar bor...

Zikr Qur'oni Karimning saksondan ortiq erida buyurilgan ibodatdir. Qadru darajasi juda yuksak ibodatdir. Oson va savobi ko'p ibodatdir... Chunki sen Allohni zikr etsang, eslasang, Alloh ham seni zikr etadi, eslaydi. O'ylab ko'r, koinotni yaratgan, olamlarning Rabbi seni zikr etsa! Bandasi uchun Allohning zikr etishi buyuk sharaf! Kim biladi, bu zikrdan u bandasi nimalarga erishadi? Ta'riflab bo'lmas darajayu martabalarni qo'lga kiritishi mumkin!.. Shuning uchun zikr bir vazifangiz bo'ladi. Zikr vazifalarini bajarasiz.

Zikr vazifalarini butun musulmonlar ado etishlari kerak lekin har bir kishi ham muhim masalalarda harakatchan, faol, jiddiy bo'lmaydi. Hatto oddiy ibodatlarini ham qilmaydilar. Shuning uchun insonlarda kamchiliklar bo'lishi mumkin.

Biz musulmonchilikka to'liq amal qilmoqchi bo'lgan insonlar bo'lganimiz uchun zikr vazifalarini kanda qilmaymiz. Bundan tashqari, zikrning savobi, xosiyati ko'p bo'lganligi bois zikr qiluvchilar tezda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Tezda Allohning sevgan quli bo'lishi mumkin...

"Islom va axloq" kitobidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

“Katarakta”ning shifosi

09.06.2026   8393   3 min.
“Katarakta”ning shifosi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: «“Oh, Yusuf!” deb ko‘zlariga oq tushdi» (Yusuf surasi, 84-oyat).

Bu oyat uzoq vaqtdan beri mufassir va tibbiyot tadqiqotchilarini o‘ziga jalb qilib keladi. Ba’zi talqinlarga ko‘ra, bu “oq tushish” hozirda butun dunyoda ko‘rlikning asosiy sababi sifatida tan olingan “katarakta”ga ishora qiladi.

Ko‘zga oq tushishi – ko‘z gavharining xira tortishi bo‘lib, tabobat ilmida “katarakta” deyiladi. Bunda ko‘z gavharida xiralik paydo bo‘lib, ko‘rishni qisman yoki to‘liq to‘sib qo‘yadi. Ba’zida bu xiralik ko‘zni shu darajada zaiflashtiradiki, hatto inson butkul ko‘rmay qoladi.

Misrlik biokimyogar doktor Abdul Bosit Muhammad Sayyid aytadi: “Kunlarning birida bomdod namozida Yusuf surasini o‘qidim. Undagi ajoyib qissa e’tiborimni tortdi. Yusufga akalarining qilgan fitnasi, otasi uni yo‘qotib qo‘yib, qattiq qayg‘udan ko‘zi ko‘rmay qolgani, so‘ngra Yusuf alayhissalomning ko‘ylagini yuziga bosganida ko‘zi yana ochilgani haqida fikr yuritdim. O‘zimga o‘zim: “Yusufning ko‘ylagida nima bo‘lishi mumkinki, bunday shifoga sabab bo‘lsa va ko‘z o‘z holatiga qaytsa?” dedim. Ishonchim komilki, bu yerda faqat ruhiy davo emas, balki moddiy shifo ham bo‘lgan. Qur’onning haq ekanini tasdiqlash uchun bu masalani o‘rganib, oxiriga yetkazishim kerak. Men bu masala ustida tadqiqot o‘tkazdim va Alloh meni bunga muvaffaq qildi”.

 

Doktor Abdul Bosit Muhammad Sayyid terning Yaqub alayhissalomning ko‘rish qobiliyatini tiklashda rol o‘ynashi mumkinligi borasida ilmiy tadqiqotlar olib bordi.

Doktor Abdul Bosit inson tanasidan ajraladigan terning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan karbamidga e’tibor qaratdi va u katarakta hosil bo‘lishini qaytarishga yordam berishi mumkin degan gipotezani ilgari surdi.

Katarakta linzalarini ter eritmalariga botirib, linzalarning xiralashishini asta-sekin yo‘q qilishini kuzatdi. U ter tarkibiy qismlaridan olingan ko‘z tomchisi formulasini ishlab chiqdi va uni 250 nafar bemorda sinab ko‘rdi.

Natijada, 90 foizdan ortiq bemorning ko‘zidagi oqlik ketib, ko‘rishi avvalgi holiga qaytdi. Qolgan 10 foiz kishilarning ko‘z gavharida shaffoflik kuzatilgan, ammo ko‘zida boshqa kasallik bo‘lgani uchun ularning ko‘rishi yaxshilanmagan. Doktor Abdul Bosit Muhammad bu ilmiy kashfiyotlari uchun Yevropa va Amerika Qo‘shma Shtatlarida patentlarni oldi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

اللَّهُمَّ اجْعَلْ فِي بَصَرِي نُورًا

Allohummaj’al fiy basoriy nuron

“Yo Allohim, ko‘zimda nur qil” deb duo qilardilar (Imom Muslim rivoyati).

 

Alloh taolo beminnat bergan ko‘z ne’matining shukrini ado etishimizni nasib aylasin. Ko‘zlaringiz hamisha quvonchdan porlab tursin!

Davron NURMUHAMMAD