Sayt test holatida ishlamoqda!
27 Mart, 2026   |   7 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:56
Quyosh
06:15
Peshin
12:33
Asr
16:52
Shom
18:46
Xufton
19:59
Bismillah
27 Mart, 2026, 7 Shavvol, 1447

Muftiy hazrat “Madaniyat” va “Imom A'zam” masjidlarini ko'zdan kechirib, namozxonlarga ma'ruza qildilar (fotolavha)

23.01.2021   1703   2 min.
Muftiy hazrat “Madaniyat” va “Imom A'zam” masjidlarini ko'zdan kechirib, namozxonlarga ma'ruza qildilar (fotolavha)

Habaringiz bor, ayni paytda Diniy soha rahbarlari xizmat safari bilan Samarqand viloyatida bo'lib turibdi.

Tashrif davomida O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Abdug'ofur Ahmedov bilan birga Tayloq tumanida yangi qurilgan “Madaniyat” jome masjidini ko'zdan kechirdilar.

Muftiy hazratlari jomedagi bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish chog'ida masjid binosi go'zal naqqoshlik namunasi asosida bezatilgani, namozxonlar uchun tayyorlangan sharoitlar ko'ngilni xushnud qilishini ta'kidladilar.

Shundan so'ng mehmonlar Samarqand tumanidagi “Imomi A'zam” jome masjidiga tashrif buyurishdi. Muftiy hazrat jamoatga peshin namozini o'qib bergandan so'ng namozxonlarga ma'ruza qilib berdilar, ushbu masjid qiyomatga qadar mo'min-musulmonlarga xizmat qilishi va uning qurilishida jonbozlik ko'rsatayotgan saxovatpesha insonlarga yaxshiliklar so'rab duolar qildilar.

Ma'lumot uchun, 2020 yil boshida “Madaniyat” jome masjidi yangi binosi milliy va zamonaviy me'morchilik an'analariga to'la mos holda qayta qurilib namozxonlar ixtiyoriga topshirilgan edi.

Imomi A'zam masjid 1880-1890 yillarda qurilgan bo'lib, sobiq sho'rolar davrida turli maqsadlarda foydalangan. Jome binosi 1990-1991 yillar davomida qaytadan bunyod etilgan.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Videolar

Ash-Shamoil al-Muhammadiyya: 26-qism

27.03.2026   294   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Buyuk muhaddis Imom Termiziy rahimahullohning ushbu asari – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hayotlari, go‘zal axloqlari va siyratlarini o‘rganishga bag‘ishlangan.

Mir Arab o‘rta maxsus va oliy madrasasi mudarrisi Ulug‘bek domla Nasriddin o‘g‘li.

Videolavhalar