Sayt test holatida ishlamoqda!
28 May, 2026   |   10 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:14
Quyosh
04:54
Peshin
12:25
Asr
17:31
Shom
19:51
Xufton
21:23
Bismillah
28 May, 2026, 10 Zulhijja, 1447

Shavkat Mirziyoev: Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi – ma'naviyatdir

19.01.2021   3685   2 min.
Shavkat Mirziyoev: Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi – ma'naviyatdir

Prezident raisligida ma'naviy-ma'rifiy ishlar ta'sirchanligini yanada oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tmoqda.

– Hammangiz yaxshi tushunasiz, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo'lsa, uning joni va ruhi – ma'naviyatdir. – Biz yangi O'zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma'naviyatdir, – dedi davlatimiz rahbari. – Qanday qiyinchilik va sinovlarga duch kelmaylik, boshlagan barcha islohotlarimizni, qabul qilgan dasturlarimizni izchil davom ettirayapmiz. 

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida, O'zbekiston yoshlarining birinchi forumi hamda Havfsizlik kengashining kengaytirilgan yig'ilishida ma'naviy sohalar rivoji uchun g'oyat muhim vazifalar ham belgilab olindi.

Yangi hayot, yangi jamiyat qurishga qaratilgan islohotlar jarayonida ma'naviy-mafkuraviy ishlarimizning nazariy asosi bo'lgan milliy g'oyani rivojlantirish masalasi g'oyat muhim ahamiyatga ega.

Jahon tarixiga nazar solsak, har bir xalqning yuksalishi avvalo uning ma'naviy birlashuvi, milliy g'oyasi bilan murakkab sinovlardan muvaffaqiyatli o'tib kelgan.

Shu bois, taniqli olimlar, ziyolilar, etakchi ekspertlar tomonidan yangi Milliy g'oya kontseptsiyasi loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi. 

Unda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan bosh g'oya asosida amalga oshiriladigan eng muhim vazifalar belgilandi. 

Respublika Ma'naviyat va  ma'rifat markaziga vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda milliy g'oya mazmun-mohiyatini keng xalq ommasiga tushuntirishga qaratilgan targ'ibot dasturini ishlab chiqib, uni amalga oshirish vazifasi topshirildi. 

– Afsuski, hali oramizda milliy g'oyaning, ma'naviyatning mohiyatini to'liq anglab etmagan, “ma'naviyat kerakmi-yo'qmi”, deb yurganlar ham bor. Milliy g'oya deganda, eski sovet mafkurasini tasavvur qilib, “labiga uchuq toshadiganlar” ham yo'q emas.Lekin agar mafkura odamiy bo'lsa, insonning huquq va erkinliklarini, uning qadr-qimmatini ulug'lashga xizmat qilsa, nima uchun undan qo'rqishimiz kerak? Shu munosabat bilan ta'kidlab aytmoqchiman. Biz yaratayotgan yangi O'zbekistonning mafkurasi ezgulik, odamiylik, gumanizm g'oyasi bo'ladi, – dedi Prezident.

 
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

25.05.2026   20063   1 min.
Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi

2026 yilning 25 may kuni Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti jamoasi uchun quvonchli voqea yuz berdi. Institut Kengashining yig‘ilishida rektor Uyg‘un G‘afurov tomonidan “Aqoid va fiqhiy fanlar” kafedrasi dots.nt vazifasini bajaruvchisi, islomshunoslik fanlari falsafa doktori (PhD) Ma’murjon Rahmonberdiyevich Erkayevga Fiqh, kalom ilmi (Ilohiyot) ixtisosligi bo‘yicha dots.nt ilmiy unvoni tantanali ravishda topshirildi.


Ma’murjon Erkayev 2005 yilda Toshkent islom institutini, so‘ngra O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasini muvaffaqiyatli tamomlagan. Olim 2024 yilda “Burhoniddin Mahmud Buxoriyning “Muhitul Burhoniy” asarida ijara shartnomalari” mavzusidagi dissertatsiyasini yuksak saviyada himoya qilgan edi. Jonkuyar pedagog sifatida u so‘nggi uch yilda “Faroiz ilmi” va “Fiqh ilmiga kirish” o‘quv qo‘llanmalari hamda “Hidoyatul muhtor” asarini nashr ettirdi, shuningdek, mahalliy va xalqaro jurnallarda o‘nlab ilmiy maqolalari e’lon qilindi.


Muhtaram ustozni ushbu yuksak ilmiy unvon va e’tirof bilan muborakbod etib, ularning ilm yo‘lidagi xayrli izlanishlariga zafarlar va kuch-quvvat tilab qoladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Toshkent islom instituti o‘qituvchisi dots.nt ilmiy unvoniga sazovor bo‘ldi
Dunyo yangiliklari