Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2026   |   21 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2026, 21 Zulhijja, 1447

14.01.2021   5192   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namangan faollari Turkistondagi muborak qadamjolarni ziyorat qildi

08.06.2026   1327   1 min.
Namangan faollari Turkistondagi muborak qadamjolarni ziyorat qildi

Bir guruh namanganlik faol nuroniylar qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining Turkiston shahriga ziyorat va sayohat safarini uyushtirdi. Ezgu maqsadda yo‘lga chiqqan otaxonlar safar davomida hududdagi tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar va zamonaviy bunyodkorlik namunalari bilan yaqindan tanishdi.  
 

Ziyorat dasturi Turkiston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilgan muhtasham masjid majmuasidan boshlandi. O‘zining betakror me’moriy yechimi, nafis bezaklari hamda milliy va islomiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan ko‘rinishi bilan ajralib turuvchi ushbu ziyoratgoh nuroniylarda katta taassurot qoldirdi. Ziyoratchilar majmuada yaratilgan sharoitlarni alohida e’tirof etib, qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalari yanada mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. 


Safarning keyingi manzili butun islom olamida yuksak ehtiromga sazovor bo‘lgan buyuk mutafakkir Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi bo‘ldi. Nuroniylar ushbu tabarruk qadamjoda Qur’on tilovat qilib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va yurt osoyishtaligini so‘rab xayrli duolar qildilar. Ziyorat doirasida nuroniylar tomonidan jonliq so‘yilib, ehson dasturxoni ham yozildi.


Qardosh o‘lkaga uyushtirilgan ushbu ma’naviy safar tarix, madaniyat va diniy qadriyatlar mushtarakligini yana bir bor his ettirgan holda, ziyoratchilarda unutilmas xotiralar qoldirdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Namangan faollari Turkistondagi muborak qadamjolarni ziyorat qildi Namangan faollari Turkistondagi muborak qadamjolarni ziyorat qildi Namangan faollari Turkistondagi muborak qadamjolarni ziyorat qildi Namangan faollari Turkistondagi muborak qadamjolarni ziyorat qildi
O'zbekiston yangiliklari