Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2026   |   21 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2026, 21 Zulhijja, 1447

Bir savol so'rasam: Folbinga borganning nikohi buziladi-mi?

15.12.2020   3730   1 min.
Bir savol so'rasam: Folbinga borganning nikohi buziladi-mi?

Folbinga borgan odamning nikohi bekor bo'ladi-mi?

Ibn Obidin rahimahulloh: “Kim: “Men o'g'irlangan narsalarni bilaman va jin menga xabar bergan narsalarning xabarini beraman” desa, kofir bo'ladi”, degan. (Roddul muxtor). Bularning qatoriga g'aybdan bashorat beruvchi munajjim va kaft, tosh va boshqa narsalarga qarab fol ochuvchilar ham kiradi.

  1. Kim folbin g'aybni biladi degan e'tiqodda uning huzuriga borsa va aytganini tasdiq qilsa, kofir bo'ladi va ayoli bilan oralaridagi nikohi buziladi. Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim kelajakda bo'ladigan ishlardan habar beruvchining yoki bo'lib o'tgan g'ayb ishlardan habar beruchining huzuriga borsa va uning aytganlarini tasdiq qilsa, batahqiq Muhammadga nozil qilingan narsaga kofir bo'libdi”, deganlar (Imomi Ahmad rivoyati).
  2. Kim folbinlar g'aybni bilmaydi, degan e'tiqodda bo'laturib, ulardan biror narsa so'rashga borsa, harom ishga qo'l urgan bo'ladi va qirq kunlik namozi qabul bo'lmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim folbinga borib undan biror narsa so'rasa, qirq kunlik namozi qabul bo'lmaydi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yoshligimni saqlab qoldim

08.06.2026   1223   1 min.
Yoshligimni saqlab qoldim

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Doktor Muhammad Rotib Nobulsiy aytadi: «Damashqlik ustozim 97 yoshda bo‘lsa-da, tetik, ko‘zlari ravshan, hatto tishlari ham soppa-sog‘ edi. U kishidan buning sababini so‘raganimda:“Yoshlikda a’zolarimni gunohlardan asragandim, qariganimda ham Alloh taolo ularning xizmatidan mahrum etmadi”, deb javob berdi».

Alloma Tabariy rahimahulloh 70 yoshida ham qayiqdan sakrab tushardi. U kishini ko‘rganlar: “Buncha kuch-quvvat qayerdan?” deb so‘rashganida, ustoz: “Biz a’zolarimizni yoshligimizda gunohlardan saqlagan edik, qariganimizda esa Alloh taolo ularni biz uchun saqlab qoldi”, dedi.

Hasan Basriy rahmatullohi alayh 90 yoshdan oshgan bo‘lsa-da, dalada ishlardi. Buni ko‘rganlar: “Hali ham yosh yigitdek mehnat qilasiz. Bunga qanday erishgansiz?” deb so‘rashdi.

Hasan Basriy rahimahulloh: “Men yoshligimni saqlab qoldim, Alloh esa keksaligimni saqlab qoldi”, dedi.

“Yoshligini saqladi” degan iboradan zinodan uzoq bo‘lish tushuniladi. Chunki zino umrni qisqartiradi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ko‘z ham zino qiladi. Ko‘zning zinosi (nomahramga) qarashdir”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar