Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2026   |   20 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:56
Bismillah
08 May, 2026, 20 Zulqa`da, 1447

Zo'ravonlik va terrorizmning yoyilishida mazhabsizlik omili

27.10.2020   2082   10 min.
Zo'ravonlik va terrorizmning yoyilishida mazhabsizlik omili

“Ekstremistik g'oyalarni inkor qilishda shar'iy dalillar” (yigirmanchi qism)

Fiqhiy mazhablarning paydo bo'lishi tarixi borasida umumiy fikrlar 

Islom fiqhi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam zamonlaridayoq mustaqil ilm sifatida shakllana boshladi. Darhaqiqat, Qur'oni karim nozil bo'lib turgan, unda namoz, ro'za, zakot, haj kabi ibodat turlariga bog'liq bo'lgan masalalar hal bulayotgan edi. Shu bilan birga savdo-sotiq, hadya berish kabi muomalot va qarzga oid masalalar, oila va meros hukmlari bayon qilinib turgan edi. Alloh taolo diniy ahkomlarni odamlarga bayon qilib berishni o'zining kalomida payg'ambar alayhissalomning zimmalariga yukladi:

“Ochiq-oydin bayonotlar va kitoblar ila (yubordik). Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o'zlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik. Shoyadki, tafakkur qilsalar”. (Nahl, 44) .        

Payg'ambar alayhissalom Allohni amrini bajardilar. O'z sunnatlari bilan halol, harom kabi barcha hukmlarning tafsilotlarini bayon qilib berar edilar. Zero, Rasul alayhissalomning o'zlari shariatning manbai edilar. U zot ayrim masalalarda ummatga ta'lim bo'lishi uchun o'zlari ijtihod qilar va shu orqali ummatlariga istinbot qoidalarini o'rgatar edilar. Ulamolarimiz janobi Rasulullohning mahkama va da'vo ishlarida hamda jangu jadal va boshqa dunyo ishlarida ijtihod qilganliklariga ittifoq qilganlar.
Ular Rasululohning ijtihod qilganlariga ko'p misollar keltiradilar. Jumladan:

Abu Sufyonning ayoli Hind Binti Utba Rasululloh alayhissalomning oldilariga eri Abu Sufyonning nafaqa bermayotganidan shikoyat qilib keldi. Shunda Rasul alalayhissalom unga erining moldan so'ramasdan o'zi va bolalari uchun etadigan darajada olishga ruxsat berdilar. 

Badr g'azotida asirga tushganlar haqidagi ijtihodlari. Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallam asrlar masalasida sahobalar bilan maslahatlashib asirlardan tovon puli olib keyin ularni ozod qilishga qaror qildilar. Bu ham o'z ijtihodlari edi.

Rasululloh alayhissalom hayotlik paytlarida ham sahobalar orasida ijtihod bo'lib turar edi. Ularning ijtihodi to'g'ri bo'lsa ijtihodini  qo'llar edilar. Agar xato qilsalar xatolarini to'g'irlab qo'yar edilar.             

Payg'ambar alayhissalom Said ibni Muozni  bani Qurayza yahudiylari ustidan chiqargan hukmini ma'qulladilar va unga qarab “ularning orasida hakimona hukm qilibsan” dedilar.

Sahobalardan Ammor ibni Yosir roziyallohu anhu tayammum haqidagi oyatni eshitganida ag'anab tuproqqa belandilar va keyin namoz o'qidilar. Nabiy alayhissalom uning bu ishini oqlamadilar va unga “ikki qo'lingni erga urishing etarlidir. Keyin unga puflaysan. Keyin ikki qo'ling bilan yuzing va ikki kaftinga mash tortgin” dedilar.

Rasululloh alayhissalom Muoz ibn Jabalni Yamanga qozi qilib jo'natayotganlarida: “Agar senga biror masala ishtiboh bo'lib qolsa, nima bilan hukm qilasan?” – deb so'radilar.

Muoz roziyallohu anhu: "Allohning kitobidan", – dedi.

 "Agar undan topolmasang-chi?"– deb so'radilar Allohning elchisi.

Muoz  roziyallohu anhu: "Rasulullohning  sunnatidan", – dedi.      

 "Undan ham topolmasang-chi?" – yana so'radilar u zot.

Muoz roziyallohu anhu: "O'z fikrim bilan ijtihod qilaman. Bo'shashib o'tirmayman!" – dedi.

Shunda Rasul alayhissalom uning ko'ksiga urib: "Allohning rasuli jo'natgan elchini Allohning rasuli rozi bo'ladigan ishlarga muvaffaq qilgan Alloh taologa hamdu sanolar bo'lsin!” – dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin ham ish shu kabi davom etdi. Ya'ni ular masalalarni Kitob va Sunnatdan, oxirida esa o'z ijtihodlari bilan echar edilar. Tabiiyki, ular ham ijtihodlarida bir-biriga xilof qilar edilar.

Bu haqida alloma ibni Haldun o'z kitobida shunday deydi: “Deyarli shar'iy dalillarning barchasi asosan arab tilida kelgandir. Ma'lumki, arab kalimalarining ma'nosi keng qamrovli. Hossatan, shar'iy matnlarning keng ma'nolarda qo'llanilishi ma'lum va mashhur. Shuningdek, sunnatning sobitlik darajasi ham turfa xil bo'ladi. Sunnat orqali kelgan ko'pgina hukmlar gohida o'zaro qarama-qarshi bo'lib qolsa, ularning kuchlirog'ini ajratib olish zarur. Buning o'zi ham ixtilofli masaladir. O'z navbatida tafsiloti haqida nass (oyat) kelmagan hukmlar ham ixtiloflidir. Buning ustiga voqelikda yangi masalalar ham uchrab, ularning shar'iy asosini topolmaysiz. Bu vaqtda tafsiloti haqida dalili kelmagan yangi masalani dalili kelgan masalaga qiyoslanadi. Bularning barchasi voqelikda ixtiloflar bo'lishi zarurat ekaniga dalil bo'ladi. Bu borada hatto salaf va ulardan keyingi ulamolar orasida ham ixtiloflar kuzatiladi”.

Biz bu fikrlarga, ya'ni ixtilof masalalariga Qur'on dalillariga bog'liq bo'lgan boshqa bir misolni ham qo'shimcha qilishimiz mumkin. Bilamizki, Qur'oni karimning dalillari sobitlikda qat'iydur. Ammo ularning orasida ma'no jihatidan qat'iy (hukmi aniq) va zonniy (hukmi gumoniy) oyatlar ham mavjud. Tabiyki, zonniy oyatlarning ustida dalolatan ehtimoliy ma'nolar ham yuzaga kelib, aynan shu kabi ma'nolar borasida ulamolar orasida ixtiloflar kelib chiqadi.

Sahobai kiromlarning barchasi ham ahli fiqh va etuk ma'rifat sohiblari emas edi. Ularning orasida ham ijtihod darajasiga etgan va u darajaga etmaganlar mavjud edi. Ammo ularning orasida ijtihod malakasiga etishmaganlari ijtihod darajasiga etganlariga ergashar va ularga taqlid qilar edilar. Ular bu ishda quyidagi oyati karimaga suyanar edilar: 

“Ey, Muhammad,) Sizdan oldin ham faqat (Siz kabi) kishilarnigina (payg'ambar qilib) yuborib, ularga vahiy nozil etib turganmiz. Agar (bu haqda) bilmaydigan bo'lsangizlar, ahli zikrlardan (ya'ni Tavrot va Injilni biladiganlardan) so'rangizlar!” (Nahl,43).         

Ijtihod va fatvo darajasiga hammadan ko'ra ko'proq sazovor bo'lgan uch sahobaning nomi keltiriladi. Ular ibni Mas'ud, Zayd ibni Sobit, Abdulloh ibni Abbos roziyallohu anhumlardir.

Tobeinlar ham bu masalada aynan sahobalarning manhaji (yo'liga)ga ergashdilar. Ammo ular ham ayrim masalalarda sahobalar ixtilof qilgani kabi o'zaro ixtilof qilganlar. Tobein fuqaholardan Said ibni Musayyab, Urva ibni Zubayr, Qosim ibni Muhammad ibni Abiy Bakr, Ikrima, Ato, Said ibni Jubayr va boshqalarni keltirish mumkin.

Ulardan keyin esa Abu Hanifa, imomi Molik, imomi Shofeiy va Ahmad ibni Hanbal kabi to'rt mazhab allomalarining zamoni keldi. Ushbu zabardast katta allomalarning sermahsul faoliyati orqali mashhur mazhablar vujudga keldi. Zero ularning istinbot va dalillarni keltirish salohiyatiga hamda fikr teranligi-yu ilmiy darajalarini cheksiz bo'lganligiga biror bir ilm ahli shubha qilmaydi. Darhaqiqat, fiqh aynan ularning asrida rivojlandi va gullab-yashnadi. Ularning zamonida ham mahkama ishlari va muomalot (savdo-sotiq masalalari)ga doir masalalar asliy qoida bo'lmish Kitob va sunnat, sahobalarning ijmosiga va ushbu asoslardan keyingina qiyos kabi boshqa shar'iy asoslarga qarab hal qilinar edi. Ular o'z navbatida fiqh ilmi rivoji va muhofazasi uchun ma'lum bir qoida va zaruriy dasturlar joriy qildilar. Ijtihod yo'llari va hadislardan qanday foydalanish haqida uslubiy qo'llanmalarini joriy qildilar. Muhaddis alllomalarimiz sahih, hasan va zaif hadislarni bir-biridan ajratib olish borasida  mustalahal hadis (hadis istilohotlari) yo'nalishini joriy qildilar. U orqali hadis roviylari va ularning adolatini o'rganib chiqdilar. Roviy va rivoyatlar  borasida tizimli qoidalar ishlab chiqdilar. Fiqhiy mazhablar aynan shu orqali vujudga kelib fiqh ilmi uning mahsuli va tartibga soluvchi asosi bo'ldi.

Darhaqiqat, Alloh taolo mazkur to'rt mazhabni olijanob, samimiy yangi avlodlarini etishtirdi. Ular ushbu ilmiy hamda Kitob va sunnatga asoslangan mashhur mazhablarni mustahkamlash  va ularni turli mamlakat va mintaqalarga yoyilishini ta'minladilar.

Mazkur mazhablar bugungi kunimizda ham islom ummatning himoyasi o'laroq davom etib kelmoqda. Aynan mazkur mazhablar bugungi global o'zgarayotgan zamon va yangilanayotgan davriy o'zgarishlarga qaramasdan, islom fiqhini faol va jonli yashab kelishini ta'minlab beryapti. Eng muhim tomoni esa ushbu mazhablar umrboqiy shar'iy asoslar va ilmiy mezonlarga to'laqonli muvofiq kelmoqda. Agar ummat ustida ushbu fiqhiy mazhablar mavjud bo'lmaganida yoki bugungidek ilmiy rivojlanmaganida biz bugungi  kunimizdagi turli o'zgarishlardan himoyalana olmas edik.

Vallohu a'lam bissovab.     

(davomi bor)

Ekstremistik g'oyalarni  inkor qilishda shar'iy dalillar” kitobidan.

Tarjimon: Tohir Vohidov

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kim dunyo va oxiratni xohlasa — istig‘for aytsin!

07.05.2026   1694   2 min.
Kim dunyo va oxiratni xohlasa — istig‘for aytsin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taolo shunday marhamat qiladi: Allohdan mag‘firat so‘rang! Albatta, Alloh mag‘firat qiluvchi va rahmli Zotdir (Niso surasi, 106-oyat).

Bu xitob Nabiy sollallohu alayhi vasallamga qaratilgan bo‘lsa-da, u zot orqali butun ummatga, ularning har bir a’zosi va holatiga yo‘naltirilgandir.

Tasavvur qiling, Alloh subhanahu va taolo shaxsan sizga xitob qilib: «Allohdan mag‘firat so‘rang!» demoqda. Demak, istig‘forning sha’ni ulug‘dir. Zero, agar gunohlar bo‘lsa, Alloh ularni afv etadi, agar gunoh bo‘lmasa, bu bandalikni izhor qilish va darajalarning ko‘tarilishidir. Istig‘for yomonliklarga kafforat, yoki darajalarga yuksalishdir.

Istig‘forning ham dunyoda, ham oxiratda o‘z asarlari (natijalari) bor. Rivoyat qilinishicha, bir kishi shayxning huzuriga kelib, farzand ko‘rmayotganidan shikoyat qildi. Shayx unga: «Allohga istig‘for ayt», dedi. Boshqa birov kelib, yerlariga yomg‘ir yog‘may, qurg‘oqchilik bo‘layotganidan arz qildi. Unga ham: «Allohga istig‘for ayt», dedi. Uchinchi kishi yana boshqa bir muammo bilan kelganida, unga ham xuddi shu javobni berdi. Shunda odamlar: «Hamma dardning davosi istig‘formi?» deb so‘rashdi. Shayx ularga Alloh taoloning ushbu oyatlarini tilovat qilib berdi:

«Bas, dedimki: «Robbingizdan mag‘firat so‘rang, albatta U o‘ta mag‘firatlidir. U zot ustingizga osmondan baraka (yomg‘irini) yuboradi. Va sizga molu mulk, bola-chaqa bilan madad beradi va sizlarga bog‘u rog‘lar hamda anhorlarni beradi. Sizlarga nima bo‘ldiki, Allohning ulug‘vorligini (qo‘rqinchini) umid qilmaysiz?» (Nuh surasi, 10-13 oyatlar).

Bu istig‘forning dunyoviy, his qilinadigan natijalari borligiga, shuningdek, qalb nuri va sofligiga oid imoniy ta’sirlari hamda oxiratdagi samaralariga — Allohning avfi, yoziladigan hasanotlar va o‘chiriladigan gunohlarga dalildir: «Albatta, yaxshiliklar yomonliklarni ketkazadi» (Hud surasi, 114-oyat). Shu bilan banda Allohning rahmati va mag‘firatining kengligida bo‘ladi.

Shu sababdan ham istig‘for qalb nuri va duolar ijobat bo‘lishining omillaridan biridir. Istig‘for Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning doimiy sunnatlaridan bo‘lgan. Shuning uchun ham ahlullohlar (Allohning do‘stlari) bizni kundalik vazifamizni (virdni) istig‘for bilan boshlashga, har kuni ertalab va kechqurun yuz martadan istig‘for aytishga yo‘naltiradilar.

Hadisi sharifda kelganidek: «Kim istig‘forni lozim tutsa, Alloh unga har qanday g‘amdan kushoyish, har qanday torlikdan chiqish yo‘lini (maxraj) beradi va uni o‘zi o‘ylamagan tomondan rizqlantiradi».

Demak, kim dunyoni xohlasa — istig‘for aytsin, kim oxiratni xohlasa — istig‘for aytsin!

 

Professor, doktor Ali Juma.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV tarjimasi

Maqolalar