Bugun, 11 sentyabr' kuni Muslim TV jamoasi tomonidan Toshkent shahri “Hazrati Ali” jome masjididagi juma namozi, mav'izasi internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali uzatiladi. Ushbu jome masjid imom-xatibi, fazilatli olim Salohiddin domla Sharipovning juma suhbatlaridan bahramand bo'lishga taklif etamiz.
Ayni damda mo'min-musulmonlarimiz jomelarga juma namozini ado etish uchun oshiqishmoqda, imom-domlalarning fayzli suhbatlari va xushovoz qorilarning tilovatlaridan baxramand bo'lishadi.
Barcha jomelarda belgilangan karantin qoidalari asosida jamoatni qabul qilishga tayyorgarlik ishlari olib borildi. Binolarni tozalash, dezinfektsiya ishlari, ijtimoiy masofa saqlash uchun maxsus belgilar va boshqa zaruriy choralar ko'rildi. O'z navbatida mo'min-musulmonlardan ham karantin qoidalariga rioya etish, ayniqsa, tibbiy niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlashga alohida e'tibor qaratishni iltimos qilamiz.
Toshkent shahri “Hazrati Ali” jome masjididagi juma namozi va mav'izasini quyidagi linklar orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.
Youtube: MuslimTV
Facebook: MuslimUz
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Jizzax viloyati Zomin tumani bosh imomi hamda "Ma’rifatli" masjidi imom-xatibi Abror domla Ravshanovning akalari Abdulla otaning vafoti munosabati bilan marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Alloh taolo marhumni O‘z mag‘firatiga olsin, iymonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!
Alloh taolo marhumning barcha solih amallarini husni qabul aylab, O‘z mag‘firatiga olsin, barcha sahvu xatolarini kechirib, rahmatiga chulg‘asin, qabrlarini jannat bog‘chalaridan qilib, oxiratlarini obod aylasin!
Haq taolo marhumning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering».
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Muslim.uz