Bismillahir Rohmanir Rohiym
Hazrat Umar roziyallohu anhu bir yodnomalarida bunday keltiradilar: «Payg‘ambarlar peshvosi sollallohu alayhi va sallam Tabuk safarida moddiy yordamda bo‘lishimizni buyurdilar. O‘sha kunlari qo‘limda yetarli mol bor edi. Yarmini ajratdim. O‘z-o‘zimga, "Abu Bakrdan o‘tsam, shu safar o‘taman", dedim-da, katta miqdordagi molni olib bordim. Rasuli Muhtaram Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam buni ko‘rib, "Oilangga ham qoldirdingmi?", dedilar. "Bir qismini qoldirdim", dedim. Birozdan so‘ng Abu Bakr roziyallohu anhu ham molini olib keldi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam ayni shu savolni unga ham berdilar. "Ularga Alloh taoloni va Payg‘ambarini qoldirdim", deb javob berdilar».
Umar roziyallohu anhu buni eshitib, "Allohga qasamki, hech bir narsada sendan o‘tib keta olmas ekanman", dedilar.
Alloh taolo O‘zining mahbub payg‘ambari Muhammad sollallohu alayhi va sallamga Makkai Mukarramani fath qildirganda ham Abu Bakr roziyallohu anhu u zot bilan birga bo‘lganlar. Ha, o‘shanda ham Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu o‘zlarining mahbub payg‘ambarlari atroflarida parvona edilar.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi